Jahon | 19:59 / 26.12.2018
14261
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada prezident saylovlari o‘tadigan sana e'lon qilindi   

Foto: yatsenyuk.org.ua

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko prezident saylovlari 2019 yil 31 martda o‘tishiga kafolat berishini aytdi.

“Prezident saylovlari 2019 yil 31 martda o‘tishiga kafolat beramiz”, deb aytgan Poroshenko Ukraina milliy xavfsizligi va mudofaa kengashi yig‘ilishida.

Dekabr o‘rtasida ukrainaliklarning yarmidan ko‘pi mamlakatda harbiy vaziyat kiritilganini Poroshenkoning saylovlarni qoldirish istagi bilan bog‘lashgan. 26 dekabrda Poroshenko bir oy avval Kerch bo‘g‘ozidagi voqea sababli kiritilgan harbiy vaziyatning to‘xtatilishini e'lon qildi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid