Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan 37 ta baxtsiz hodisa yuz berdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridagi ijrosi ko‘rib chiqildi hamda bu borada qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari muhokama etildi.
Bugungi kunda Buxoro viloyatida 25395 ta, Qashqadaryo viloyatida esa 46641 ta yuridik shaxs faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur viloyatlarning har bir tumanida qonunni targ‘ib qilish bo‘yicha pannolar, boshqarma va idoralarda, bo‘limlarda tegishli targ‘ibot burchaklari tashkil etilgan.
Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida bevosita mahalliy davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, sog‘liqni saqlash sohalari vakolatli organlari bilan qonunning 9-, 10-, 11-moddalarida belgilangan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmagan. Sohaga kadrlar tayyorlashda ham muammolar mavjud. Shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ish beruvchilar oldiga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni ta'minlash belgilangani holda, ayrim tashkilot va korxonalarda mazkur masalaga yetarlicha e'tibor qaratilmagan.
Har ikkala viloyatda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilarini Yagona reyestrga kiritish ishlari amalga oshirilmagan. Shuningdek byudjyet tashkilotlari, ayniqsa ta'lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida mehnatni muhofaza qilish yuzasidan yangi qonun talablari to‘liq amalga oshirilmagan. Ayrim tashkilotlarda Qonunning yangi tahrirdagi nusxalari mavjud emas, belgilangan me'yoriy hujjatlar eski, 2005 yildagi buyruq va nizomlar mavjudligi aniqlanib, bu borada tashkilot rahbarlarining mas'uliyati yetarli emasligi aniqlangan.
Qashqadaryo viloyatida ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan jami 37 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan, shundan 20 tasini oqibati o‘lim bilan tugagan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan baxtsiz hodisalarning soni 15 taga ko‘paygan va baxtsiz hodisalar natijasida halok bo‘lgan xodimlarning soni 10 nafarga ko‘paygan. Buxoro viloyatida ham ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan jami 24 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan bo‘lsa, shundan 6 tasi oqibati o‘lim bilan tugagan.
Yig‘ilishda joylarda qonun talablarining to‘la bajarilishini ta'minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qo‘mitaning tavsiyalari ishlab chiqilib, tegishli qarori qabul qilindi.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
19:37 / 04.06.2026