Jamiyat | 12:10 / 27.12.2018
11669
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda yirik miqdorda o‘g‘rilik sodir etgan shaxs uch kunda aniqlanib, qo‘lga olindi

Shu yilning 23 dekabr kuni noma'lum shaxs Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi Z.Ch. (ayol)ning uyiga devor oshish yo‘li bilan kirib, xonasidan 6 mln 600 ming so‘m puli va 12 turdagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Koson tumani Boyterak mahallasida yashovchi B.M. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan. 

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid