Tojikistonning eksport bo‘yicha asosiy sheriklari ma'lum qilindi. O‘zbekiston uchinchi o‘rinda
Tojikistonning eksport bo‘yicha asosiy sheriklari Qozog‘iston, Turkiya, O‘zbekiston va Afg‘oniston hisoblanadi. Bu haqda Avesta xabar bermoqda.
Tovarlar eksportida Qozog‘iston umumiy eksport hajmining 28,3 foizlik ulushiga ega.
Ushbu ko‘rsatkich Turkiya bilan 25,5%ni tashkil etadi. Bu mamlakatlarga asosan rangli metallurgiya tovarlari - birlamchi alyuminiy va paxta tolasi eksport qilinadi.
Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Qozog‘istonga tovarlar eksporti qiymati 281 mln dollardan oshdi. Shu bilan birga, ko‘rsatilgan davrda import hajmi 487,8 mln dollardan ortiqni tashkil etdi.
Hisobot davrida Turkiya bilan savdo aylanmasi hajmi 370 million dollardan ziyodni tashkil etgan. Ulardan 252,3 million dollardan ortig‘i tovarlar eksporti va 117,7 million dollardan ortig‘i turli mahsulotlar importiga tegishli bo‘ldi.
Turkiya bilan savdo operatsiyalarida import ustidan eksportning jiddiy oshishi kuzatilmoqda - 134,6 mln dollar.
Chet elga eksport qilinuvchi asosiy tovarlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi: birlamchi alyuminiy, paxta tolasi, qimmatbaho metallar va quritilgan mevalar.
Tojikistonga tovarlar importi Rossiyadan - import umumiy hajmidan 30,6%, Qozog‘istondan (17,1%) va Xitoydan (18,8%) amalga oshirildi.
Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida tovarlar eksporti qiymati 991,2 mln dollarni, import esa 2,8 mlrd dollarni tashkil qildi.
Mavzuga oid
12:50 / 04.11.2024
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari Mo‘g‘ulistonga eksport qilinadi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
09:40 / 23.10.2024