Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni tasdiqladi
Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi Rossiyaning jismoniy va yuridik shaxslariga qarshi qo‘shimcha sanksiyalarni kiritish haqidagi qarorni tasdiqladi. Bu sanksiyalar Kerch bo‘g‘ozidagi voqea bilan bog‘langan.
Sanktsiyalar Ukrainaga qarshi tajovuzkor harakatlarni qo‘llab-quvvatlagan yoki ko‘mak bergan Rossiya kompaniyalari, biznesmenlar, siyosatchilar va deputatlar, kuch tuzilmalari xodimlarini qamrab oladi. Shuningdek, sanksiyalar Donetsk va Lugansk viloyatlarida saylovlarni tashkil etganlarga qarshi kiritiladi.
Sanktsiyalar, shuningdek, “Kerch bo‘g‘ozidagi voqea vaqtida ukrainalik dengizchilarning noqonuniy qo‘lga olinishi”ga aloqador harbiylar, huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarshi amal qiladi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ta'kidlaganidek, sanksiyalar davlat dumasidagi LDPR va “Yedinaya Rossiya” partiyasining vakillariga ham qarshi amal qilishini ta'kidlab o‘tgan.
Bundan bir kun avval, ya'ni 25 dekabrda Rossiya Ukrainaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Sanktsiyalar ro‘yxatiga 250 dan ko‘proq jismoniy shaxs (deputatlar, amaldorlar va tadbirkorlar) va 7 ta kompaniya, jumladan mudofaa majmualari kiritilgan.
Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi davlat chegara xizmatiga Rossiya bilan chegarani yaxshiroq qo‘riqlashni va Ukrainaga kiruvchi rossiyaliklar ortidan nazoratni kuchaytirishni tavsiya qilgan. 26 dekabrda Poroshenko Ukrainada kiritilgan harbiy vaziyat tartibi to‘xtatilganini e'lon qildi. Chegara xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, harbiy vaziyat amal qilgan vaqtda Ukrainaga 1,6 mingdan ko‘proq fuqaro kiritilmagan.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026