Dunyodagi yagona albinos-orangutan yovvoyi tabiatga qaytarildi
Dunyodagi yagona albinos-orangutan ikki yilga yaqin davom etgan reabilitatsiyasidan keyin yana yovvoyi tabiat qo‘ynida yashamoqda.
Borneoning orangutanlarni qutqarish jamg‘armasi Alba deb nomlangan bu orangutanni 2017 yil Indoneziyaning Markaziy Kalimantan viloyatidagi Tanggirang qishlog‘i yonida og‘ir ahvolda topib olgan. Urg‘ochi orangutan jamg‘arma xodimlari tomonidan oyoqqa turg‘azish uchun olingan. Umumiy hisobda Alba mutaxassislar nazoratida 20 oydan ko‘proq bo‘ldi.
Alba albinizmga uchragan fanga ma'lum yagona orangutan bo‘lib, mutaxassislarning ta'kidlashicha, uning bu xususiyati yovvoyi tabiatda omon qolish imkonlarini kamaytiradi. Misol uchun, orangutanning noodatiy rangi uning qolgan orangutanlar bilan ijtimoiylashuvini qiyinlashtirishi mumkin.
Alba tiklangandan keyin yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi. Biroq mutaxassislar Albaning avvalgi sharoitlarga qaytishi qanchalik muvaffaqiyatli kechayotganini bilish maqsadida uning ortidan olti oy davomida kuzatuv olib borishadi.
Mavzuga oid
23:32 / 10.10.2024
Dunyoda oxirgi 50 yilda yovvoyi hayvonlar soni 73 foizga qisqarib ketgani ma’lum bo‘ldi
18:04 / 01.12.2023
Itlar qurshovida qolgan fil va muzdan orom topgan ayiq - 2023 yilning eng yaxshi yovvoyi tabiat suratlari
15:16 / 02.02.2023
Qisqarayotgan yovvoyi tabiat va insoniyat uchun yangi xatarlar
16:27 / 02.01.2023