Tanlovda olti qit’adagi 51 mamlakatdan mualliflar iştirok etib, yovvoyi tabiatning minglab ta’sirli kadrlarini taqdim qildi.

Mukofotning hamta’sisçisi Adrian Dinsdeyl har yili tanlov kölami kengayib borayotganini, şu bilan birga taqdim etilayotgan işlar xilma-xilligi va saviyasi ham ortib borayotganini ta’kidladi. 2020 yilda ta’sis etilgan uşbu mukofotning maqsadi faqat tabiatning eng yaxşi suratlarini ommalaştiriş emas, balki odamlarni atrof-muhit bilan yanada çuqurroq boğlanişga ilhomlantirişdan ham iborat.

Fotosuratçilar 14 ta nominatsiyada bahslaşdi. Har bir kategoriyada hakamlar hay’ati uçta sovrinli örinni — oltin, kumuş va bronzani topşirdi. Jami 42 ta iş taqdirlandi, şular qatorida Allenning bir surati ham bor: u eng kuçli raqobat keçadigan nominatsiyalardan biri — «Suvostida suratga oliş» yönalişida oltin medalni qölga kiritdi.

2026 yil ğoliblari e’lon qilinişi bilan birga, rasman WNPA 2027 tanloviga arizalar qabul qiliş ham oçildi. Fotosuratçilar öz işlarini 2026 yil 30 martgaça topşirişi mumkin. Tanlov haqidagi töliq ma’lumot va qoidalar tanlov saytida keltirilgan.