Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev muddatdan avvalgi prezident saylovlariga tayyorgarlik haqidagi gaplarni inkor etdi
Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy
Prezidentlik muddati 2020 yilda yakuniga yetadigan, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev respublikada muddatdan avvalgi prezident saylovlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ketayotgani haqidagi gaplarni inkor etdi.
Avvalroq qozog‘istonlik siyosatchilar 2019 yilning birinchi yarmida mamlakatda muddatdan avvalgi prezident saylovlari o‘tishi mumkinligi haqidagi fikrlarni bildirishgan. Ular buning alomatlarini hukumatning bir qator tashabbuslari, jumladan maoshlarning oshirilishi, kommunal tariflarning pasaytirilishida ko‘rishgan. Siyosatchilar, shuningdek, Qozog‘istonda bir necha marta muddatdan avvalgi prezident saylovlari o‘tganini eslab o‘tishgan.
“Prezident saylovlari 2020 yil dekabriga belgilangan. Yana ikki yil bor. O‘zi nima haqida gaplashyapmiz? Bu haqda yaqin qolganda, gaplashamiz”, deb aytgan Nazarboyev mahalliy OAVga bergan intervyusida.
Nazarboyev 2018 yil yozida 78 yoshini nishonladi. U Qozog‘iston mustaqillikka erishgandan beri mamlakatni boshqarib keladi. Nazarboyev 2015 yil 26 aprelda o‘tgan oxirgi navbatdan tashqari saylovlarda 98 foiz ovoz bilan 5-marta g‘alaba qozongan. Konstitutsiyaga ko‘ra, Nazarboyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti sifatida bu lavozimga cheklanmagan sonda saylanishi mumkin.
Qozog‘iston parlamenti senati raisi Qosim-Jo‘mart Tokayev joriy yil iyunda “Bi-bi-si”ga bergan intervyusida Nazarboyev 2020 yilgi prezident saylovlariga nomzodini qo‘ymasligi haqidagi fikrni bildirgan.
Mavzuga oid
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
11:46 / 09.01.2025
“Qozoqgeyt” ishi – AQSh Qozog‘iston prezidenti va bosh vazirini nimada ayblagan edi?
21:48 / 04.01.2025
To‘qayev davlat gazetasiga intervyu berib, Nazarboyevni ochiq tanqid qildi
19:24 / 03.01.2025