O‘zbekiston | 08:02 / 28.12.2018
9958
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjyeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjyet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Qarorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga moddiy yordam berilishi belgilab qo‘yilgan:

2019 yil 1 yanvardan boshlab 14 yoshgacha bo‘lgan bolalari bor oilalarga nafaqalar, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uning parvarishi bo‘yicha nafaqalar va kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari 25-ilovaga muvofiq belgilansin.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid