«O‘zmetkombinat» AJ taraqqiyotning yangi bosqichida
2018 yil «O‘zmetkombinat» AJ uchun tub burilish yili bo‘ldi.Bemalol aytish mumkinki, kombinat “SFI Management Group” ishonchli boshqaruvchi kompaniya bilan hamkorlikda taraqqiyotning yangi davriga, yangi bosqichiga muvaffaqiyatli tarzda o‘tdi. Buni yakunlanayotgan yilda erishilgan mehnat natijalari ham yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Bu yil bekobodlik metallurglar po‘lat eritish va prokat mahsulotlari ishlab chiqarishda yuqori sur'atlarga erishdilar.Joriy yilning 28 dekabr holatiga ko‘ra kombinatda 903 591 ming tonna po‘lat eritilib, belgilangan reja 101, 2 foizga bajarildi. 2017 yil shu davriga nisbatan 249 405 tonna ko‘p mahsulot ishlab chiqarilib, o‘sish sur'ati 138, 1 foizni tashkil etdi.
Bu yil po‘lat erituvchilar mahsulot ishlab chiqarishda bir qator rekordlarni yangilashga erishdilar. Fevral oyida Elektrda po‘lat eritish sexida po‘lat eritish bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Po‘lat erituvchilar bu oyda pechdan 656 marotaba po‘lat quymasi olishdi. Bu 74 395 tonnani tashkil etdi. Bir oyda shuncha po‘lat eritish EPETs tarixida bo‘lmagan edi. Shundan so‘ng yana to‘rt bor bu rekord yangilandi. Mart 79, 7 ming tonna, aprelda 81, 2 ming tonna, may oyida 82, 1 ming tonna, avgustda 82, 7 ming tonna po‘lat eritildi.
Prokatchilar erishgan natijalar ham salmoqli bo‘ldi. Shu davrda kombinatda 1 060066 tonna prokat mahsulotlari tayyorlanib, yillik reja muddatidan oldin 100, 1 foizga bajarildi. O‘tgan yilga qaraganda 333 857 tonna ko‘p prokat mahsulotlari tayyorlanib,o‘sish sur'ati 146 foizni tashkil etdi. Shu jumladan 235 119 tonna po‘lat zoldirlar ishlab chiqarildi. Bu 2017 yilga nisbatan 41 688 tonnaga ko‘p bo‘lib, o‘sish sur'ati 121, 6 foizni tashkil etdi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, kombinatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati jahon andozalari talablariga to‘liq mos keladi. Prokatchilarimiz ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning katta qismi eksportga jo‘natilayotganligi ham fikrimiz isbotidir.
“Metallurg minbari” ko‘p nusxali gazeta muharriri
Ismadiyor MAMATQULOV.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
22:21 / 17.10.2024
«O‘zmetkombinat»ga yangi rahbar tayinlandi
20:07 / 09.01.2024
Investitsiyalar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
13:00 / 07.07.2022
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va qurilish tashkilotlari rahbarlari diqqatiga!
17:00 / 03.05.2022