Dilşod Tursunquloviç Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda Interpol saytida e’lon berildi.
Qayd etilişiça, 1972 yilda tuğilgan Dilşod Ahmedov Jinoyat kodeksining 167-moddasi böyiça, ya’ni özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş jinoyatida gumonlanmoqda.

Hozirça Özbekiston huquqni muhofaza qiluvçi idoralari tomonidan Dilşod Ahmedovga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi va zarar miqdori böyiça rasmiy ma’lumot berilmadi.
Dilşod Ahmedov 2021 yil yanvaridan «Özmetkombinat» raisining birinçi örinbosari sifatida, 2024 yil yanvardan esa Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri örinbosari lavozimida işlagan.
U 2024 yil oktyabr oyida «Özbekiston metallurgiya kombinati» AJga rahbar bölgandi. 2025 yil avgust oyida bu lavozimdan olinib, uning örniga Bahodir Abdullayev tayinlangandi.












