Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda katta partiyadagi «Tramadol» tabletkalari ushlandi
Samarqand viloyati IIB xodimlari hamda viloyat DXX bilan hamkorlikda Samarqand shahrining G‘alaba ko‘chasida olib borilgan tadbir natijasida fuqaro M.Sh.dan 380 dona «Konvolyuta», 3800 dona «Tramadol» tabletkalari olingan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Fuqaro M.Sh. bilan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida u tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan mazkur «Tramadol» tabletkalarini fuqaro B.M.dan olganini aytgan. Fuqaro B.M.ning tanishi X.U.ning uyidan esa jami bo‘lib 2542 dona «Konvalyuta» va 25420 dona «Tramadol» tabletkasini topilgan.
Tadbir natijasida tabletkalar g‘ayriqonuniy ravishda sotilishi va odamlarni zaharlashining oldi olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026