Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistondagi prezident saylovlari 3 oyga qoldirildi
Afg‘onistonning mustaqil saylov komissiyasi prezident saylovlarining 2019 yil 20 iyulga ko‘chirilishini e'lon qildi. Bu haqda komissiya raisi Guljon Abdulbadi Sayyodga iqtibos keltirgan holda 1TV telekanali ma'lum qildi.
Avvalroq saylov komissiyasi 20 aprelga belgilangan saylovlarning 3 oyga qoldirilishini ma'lum qilgan.
Komissiya raisining aytishicha, saylovlarning ko‘chirilishi oktyabrdagi parlament saylovlarida vujudga kelgan muammolar hamda “Tolibon” harakati vakillari bilan tinchlik sulhi tuzish bo‘yicha muzokaralarga tayyorgarlik bilan bog‘langan.
Afg‘oniston prezidenti vakili o‘rinbosari Shoh Husayn Murtazofiyning ma'lum qilishicha, hukumat saylovlarning yangi sanasiga rozi bo‘lgan.
Afg‘onistonda prezident saylovlari ishtirokchilarini ro‘yxatga olish 22 dekabrda boshlangan, biroq hozircha da'vogarlardan birortasi ro‘yxatdan o‘tmagan.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026