Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada odamlar attraksion buzilishi oqibatida 52 metr balandlikda 9 soat qolib ketishdi
Fransiyaning Renn shahrida odamlar attraksion buzilishi sababli 52 metr balandlikda 9 soat qolib ketdi va 1 yanvar tonggi soat 6ga yaqin pastga tushirildi.
Ta'kidlanishicha, BomberMaxxx deb nomlangan attraksion kabinasida 8 kishi, jumladan 13 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 5 bola bo‘lgan. Ular attraksionga 31 dekabrda o‘tirishgan va qutqaruvchilar sa'y-harakatlari bilan keyingi kun soat 5:40dagina yerga tushirilgan.
Qutqaruv operatsiyasiga vertolyot jalb qilingan, chunki narvon bilan kabinaga yaqinlashishning iloji bo‘lmagan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan. Bu vaqtda ko‘ngilochar bog‘dagi ba'zi attraksionlar ishlashda davom etavergan, biroq aksariyat tashrifchilar odamlarning qutqarilishi ortidan kuzatib turishgan.
Mavzuga oid
17:55
Bugatti chinni qoplamali noyob avtomobilni taqdim qildi
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
22:48 / 28.06.2026