Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
15 iyuldan boshlab Fransiyaning Moskvadagi viza markazi Rossiya fuqarolaridan Shengen vizasi uchun hujjatlarni notarial ishonchnoma orqali qabul qilmaydi. Yangi qoidalarga ko‘ra, hujjatlar asosan shaxsan yoki qonuniy vakil hamda yaqin qarindoshlar orqali topshirilishi mumkin.
Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi ma’lum qilishicha, Fransiya oxirgi kunlarda rossiyaliklar uchun viza tartibini kuchaytirgan Yevropa Ittifoqining to‘rtinchi davlatiga aylandi. Bundan avval Italiya, Ispaniya va Vengriya ham shunga o‘xshash cheklovlarni joriy etgan edi.
Yangi tartibga muvofiq, 15 iyuldan boshlab Moskvadagi Fransiya viza markazi Shengen vizasi uchun hujjatlarni notarial ishonchnoma asosida qabul qilmaydi.
Endilikda hujjatlarni oldindan ro‘yxatdan o‘tgan holda faqat vizani rasmiylashtirayotgan shaxsning o‘zi, 18 yoshga to‘lmagan bolalar nomidan ularning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi, shuningdek turmush o‘rtog‘i, farzandlari va ota-onasi topshirishi mumkin.
Yaqin qarindoshlar orqali murojaat qilinganda qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxasi taqdim etilishi shart. Shu bilan birga, ariza beruvchi so‘nggi 59 oy ichida biometrik ma’lumotlarini topshirgan bo‘lishi lozim.
Shuningdek, viza anketaci ariza beruvchining o‘zi tomonidan imzolanishi majburiy hisoblanadi. 12 yoshdan katta barcha murojaatchilar uchun biometrik ma’lumotlarni topshirish talabi saqlanib qoladi.
Avvalroq Italiyaning Moskvadagi viza markazida murojaatlar soni keskin oshgani sababli Shengen vizasini rasmiylashtirish muddati 60 kungacha, Ispaniyada esa 45 kungacha uzaygani xabar qilingan edi. Vengriya esa Rossiyaning Samara, Ufa va Qozon shaharlarida viza arizalarini qabul qilishni vaqtincha to‘xtatgan.
Mavzuga oid
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026
Fransiyada parashyutchilar maktabiga qarashli samolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
10:27 / 27.06.2026
O‘zbekistonda Fransiya vizasi uchun vositachilarsiz hujjat topshirish imkonsiz bo‘lib qolgani aytilmoqda
18:00 / 25.06.2026