Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lokomotiv»ning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi Malayziya klubiga o‘tdi
Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ
«Lokomotiv» klubi va O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Sanjar Shoahmedov Malayziya chempionatida to‘p tepadigan bo‘ldi.
«Temiryo‘lchilar» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi «Terengganu» klubi bilan shartnoma imzolagan.
«Terengganu» 2006 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Malayziya Premer-ligasida ishtirok etadi. Klub 2009 yilda mamlakat chempioni, 2018 yilda Kubok sohibi bo‘lgan.

Sanjar Shoahmedov katta futbolga 2010 yili kirib kelgan. U 4 yil davomida «Olmaliq» sharafini himoya qilgan. 2015 yilda «Lokomotiv» klubiga o‘tgan. Sanjar «Loko» tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilgan so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘plab, klubning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Shoahmedov O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 2ta o‘yinda maydonga tushgan.
Mavzuga oid
20:49 / 04.04.2026
“Bunyodkor” - “Lokomotiv” o‘yinidan keyingi janjal sabablari o‘rganilmoqda
20:17 / 03.08.2023
Tomoshabinlar antirekordi qayd etilgan OKMK – «Lokomotiv» o‘yinidan fotojamlanma
16:59 / 25.11.2022
«Turon» Superligaga yo‘llanma oldi, «Lokomotiv» Pro ligaga ravona bo‘ldi
16:52 / 29.10.2022