O‘zbekiston | 12:03 / 01.01.2019
6033
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranziti uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati keskin oshiriladi

Foto: Depositphotos

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida ““Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 11 mayda qabul qilingan “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida”gi 213-II-sonli Qonuniga quyidagi o‘zgartishlar kiritiladi:

1) 8-moddaning (Tranzit ruxsatnomasi) uchinchi qismidagi (Tranzit ruxsatnomasini berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza olingan kundan e'tiboran o‘ttiz kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi. Zarur hollarda mazkur muddat uzaytirilishi mumkin) “o‘ttiz kundan oshmaydigan” degan so‘zlar “yigirma kundan oshmaydigan” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

2) 11-moddaning (Tranzit ruxsatnomasining amal qilish muddati) birinchi qismidagi (Tranzit ruxsatnomasining amal qilish muddati ko‘pi bilan o‘ttiz kunni tashkil qiladi) “ko‘pi bilan o‘ttiz kunni” degan so‘zlar “ko‘pi bilan to‘qson kunni” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlaydi;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta'minlaydi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid