OAV ma’lumotlariga köra, sud qarori bilan Sergey Sofronov, Anton Draçev, Dmitriy Bezugliy va Valeriy Dulov har biri tört yildan ozodlikdan mahrum etildi. Dmitriy Fyodorov, Boris Timoşov, Aleksey Vasilçenko va Ilya Bezugliy esa uç yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Mahkumlar Erondan narkotik moddalarni tranzit qiliş va tarqatiş, şuningdek, kiberfiribgarlik jinoyatlarini sodir etişda ayblangan.
Mahkumlardan birining qarindoşi ma’lum qilişiça, bu birinçi instansiya sudining qarori hisoblanadi va hozirça himoya tomonining keyingi harakatlari böyiça aniq qaror qabul qilinmagan.
Uning sözlariga köra, mahkumlar hukm ustidan şikoyat qiliş imkoniyatini körib çiqmoqda. Biroq apellyatsiya beriş jarayoni işni yanada çözişi mumkinligi ham qayd etilgan.
“Agenstvo” naşrining yozişiça, ayrim ayblanuvçilar özlariga va yaqinlariga nisbatan tahdidlar bölganini bildirib, narkotik vositalarni sotib olganlik haqida yolğon körsatmalar berişga majburlanganini aytgan. Bu iddaolar böyiça rasmiy tasdiq berilmagan.
Rossiyaliklar ustidan sud jarayoni 2026 yil 3 apreldan buyon davom etib kelayotgan edi. Ilk hukmlar aprel oyida çiqarilgan. Xususan, Yekaterinburgda tuğilgan Aleksandr Vaysero jinoiy yöl bilan olingan mablağlarni legallaştiriş aybi bilan tört yilga qamalgan. May oyida esa rossiyaliklar Igor Zabolotskix va Ilnur Valitov uç yildan ozodlikdan mahrum etilgan.
Kuzatuvçilar mazkur işlarni Rossiya va Ozarboyjon örtasidagi munosabatlarda yuzaga kelgan navbatdagi taranglik fonida baholamoqda.
Ikki davlat örtasidagi diplomatik inqiroz 2024 yil dekabrida AZAL aviakompaniyasi samolyoti halokatidan keyin boşlangan. Vaziyat 2025 yil yozida Yekaterinburg şahrida Ozarboyjon diasporasi vakillarining ommaviy ravişda hibsga olinişi ortidan yanada keskinlaşgan.
Öşa vaqtda hibsga olingan aka-uka Huseyn va Ziyoddin Safarovlar qamoqda vafot etgan. Ozarboyjon Boş prokuraturasi bu holat yuzasidan jinoyat işi qözğatib, ularning ölimida Rossiya huquq-tartibot organlari xodimlarini ayblagan.
Keyinçalik Ozarboyjon sud-tibbiy ekspertizasi marhumlarda köplab oğir tan jarohatlari aniqlanganini ma’lum qildi.
Şu bilan birga, 2026 yil aprel oyida Yekaterinburg sudi Uraldagi Ozarboyjon diasporasining sobiq rahbari Şahin Şixlinskini qotillik va boşqa jinoyatlar böyiça aybdor deb topib, 24 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan edi.













