Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokioda avtomobil piyodalar ustiga haydab borildi. Haydovchi bu «o‘lim jazosi» uchun qasosligini ma'lum qilgan
Tokioda yangi yil kirgandan so‘ng piyodalarga qarata atayin avtomobil haydab borilishi oqibatida sakkiz kishi jarohat oldi, haydovchi ushlandi va politsiyaga «terakt» sodir etganini ma'lum qildi. Bu haqda yapon OAV xabar bermoqda.
NHK telekanali xabariga ko‘ra, jarohat olganlar orasida bir nafar o‘smir ham bor, u hushsiz holatda.
Hodisa Tokiodagi asosiy sintoistik ibodatxona, yaponlar yangi yilni kutib olish uchun yo‘l boradigan Meydzi-dzingu yaqinidagi Takesita-dori piyodalar ko‘chasida yuz bergan.
Kiodo agentligi xabariga ko‘ra, piyodalarga qarata haydab borilgan avtomobil Osaka shahrida ijaraga olingan. 30 yoshlar atrofida bo‘lgan haydovchi qochishga urindi, ammo 20 daqiqadan so‘ng politsiya tomonidan ushlandi.
Haydovchining politsiyaga ma'lum qilishicha, bu ishi «o‘lim jazosi» uchun qasosga aylandi, deb xabar bermoqda Kiodo.
Mavzuga oid
19:40 / 31.05.2026
Tokio ko‘rgazmasida ignadan ip o‘tkaza oladigan robot namoyish etildi
08:25 / 14.05.2026
Dunyoda qaysi avtomobil brendlari yetakchilik qilmoqda?
17:15 / 27.04.2026
Tokioda davlat xizmatchilariga ishda shortik kiyishga ruxsat berildi
10:44 / 25.04.2026