Tokio şahri hukumati davlat xizmatçilariga işda şortik kiyişni tavsiya qilyapti, deya xabar berdi The Guardian.
Maqsad — elektr energiyasi xarajatlarining yuqoriligi borasidagi xavotirlar ortib borayotgani fonida konditsionerlarga qaramlikni kamaytiriş. Rasmiylar «Cool Biz» taşabbusidan ilhomlanişgan. 2005 yilda Yaponiya Atrof-muhit vazirligi tomonidan yölga qöyilgan uşbu dastur dastlab davlat xizmatçilariga galstuk va pidjakdan voz keçişni tavsiya etgan, ammo hozirgaça işxonada şortik kiyişga ruxsat bermagandi.
«Biz qulaylik ustuvor bölgan yengil kiyimlar — polo köylaklar, futbolkalar, krossovkalar va ayrim hollarda lavozim vazifalariga qarab şortiklar kiyişni tavsiya qilamiz», deya ta’kidlagan Tokio gubernatori Yuriko Koike.
Yaponiya va Osiyoning boşqa davlatlari Yaqin Şarqdagi mojaro tufayli neft narxlarining oşişi va yonilği ta’minotidagi uzilişlardan aziyat çekişyapti. Xususan, Yaponiya import qiladigan neftning qariyb 90 foizi Yaqin Şarqdan keladi va uning katta qismi Hörmuz böğozi orqali taşiladi. Janubiy Koreyada işlatiladigan tabiiy gazning esa qariyb 20 foizi aynan şu yönaliş orqali yetkazib beriladi. Ayrim Osiyo mamlakatlari xodimlar uçun masofadan işlaşga ruxsat beryapti yoki iş haftasini qisqartirgan.












