Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio ko‘rgazmasida ignadan ip o‘tkaza oladigan robot namoyish etildi
Tokioda bo‘lib o‘tgan Humanoids Summit 2026 sammiti odamsimon robotlar va robotlashtirilgan manipulyatorlar namoyishi bilan katta qiziqish uyg‘otdi.
Sammit robototexnika sohasida jahonning yetakchi kompaniyalari ishlanmalari namoyish etilgan eng yirik xalqaro maydonga aylandi.
Ko‘rgazmadagi eng muhim namoyishlardan biri Yaponiyaning GMO Internet Group IT-kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan odamsimon robot bo‘ldi. U aeroport logistikasi va yuklarni qayta ishlash ishlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kompyuter ko‘rish tizimi bilan jihozlangan va inson harakatlariga taqlid qilgan holda mavjud ish jarayonlariga integratsiya qilinishi mumkin.
Honda Motor Company esa ignadan ip o‘tkazish va juda kichik boltlarni burash kabi vazifalarni bajara oladigan robotlashtirilgan manipulyatorni taqdim etdi.
Xitoyning Unitree Robotics kompaniyasi ko‘rgazmada razvedka vazifalari uchun mo‘ljallangan to‘rt oyoqli robotini taqdim etdi.
Sammitda shuningdek ixcham ikki oyoqli robotlar, servis gumanoidlari va logistika, keksalarga g‘amxo‘rlik qilish, sanoat hamda jamoat xizmatlarida qo‘llash uchun mo‘ljallangan robotlashtirilgan avatarlar ham namoyish etildi.
Mavzuga oid
17:15 / 27.04.2026
Tokioda davlat xizmatchilariga ishda shortik kiyishga ruxsat berildi
17:10 / 23.04.2026
Ukrainaning qotil robotlari: jang maydoni endi avvalgidek emasmi?
07:34 / 31.03.2026
Insonga o‘xshash yuz ifodasi: Xitoy robototexnikasi yangi bosqichga chiqdi
07:35 / 23.03.2026