Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yuz bergan YTH oqibatida uch yashar bola vafot etdi
Samarqand shahrida 2 yanvar kuni Samarqand tumanida yashovchi 35-sonli o‘rta maktabning 14 yoshli 9-sinf o‘quvchisi D.X. hujjatlarsiz bobosining nomidagi “Lasetti” rusumli avtomashinani Zarafshon shoh ko‘chasida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida, qarshisidan harakatlanib kelayotgan “Matiz” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada “Matiz” avtomashinasi haydovchisining 3 yoshli o‘g‘li jarohat olib voqea joyida vafot etgan va haydovchi hamda uning turmush o‘rtog‘i va 1 yoshli qizi jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
23:04 / 13.06.2026