Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» yangi transfer bo‘yicha kelishuvga erishdi
«Tuluza» himoyachisi Jan-Kler Todibo «Barselona» a'zosiga aylanadi.
Diario Sport xabariga ko‘ra, katalonlar klubi 19 yoshli fransuz bilan kelishuvga erishgan. Futbolchi mavsum yakunida jamoasi bilan shartnomasi muddati yakunlangach, erkin agent sifatida «Barselona» safiga qo‘shiladi.
Todibo katalonlar bilan 4 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. U keyingi mavsum arafasida jamoa bilan birga mashg‘ulotlar boshlaydi.
Qayd etilishicha, ushbu transfer «Barselona» sport direktori Erik Abidal tashabbusi hisoblanadi.
Xabarda aytilishicha, «Barselona» Todibo uchun raqobatda «Yuventus» va «Napoli»ni ortda qoldirdi.
Mavzuga oid
12:34 / 04.02.2026
«Arsenal» finalga chiqdi, «Albasete» «Barsa»ga ham muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
14:12 / 28.01.2026
YeChLda so‘nggi tur: kimga qanday natija kerak?
17:16 / 22.01.2026