Byudjyet defitsiti qo‘shimcha manbalar hisobidan kamaytiriladi

Foto: persona.top
O‘zbekistonda qo‘shimcha imkoniyat va manbalar hisobidan byudjyet defitsiti kamaytiriladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytiladi.
Hujjat bilan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda kutilayotgan defitsitni kamaytirish, shu jumladan soliq bazasini kengaytirish va samarasiz xarajatlarni maqbullashtirish yuzasidan aniq choralar amalga oshiriladi.
Bajarish muddati - yil davomida, ijro uchun mas'ullar - Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.
Shuningdek, yil boshidan joriy etilayotgan bojxona tarif siyosatini tatbiq etish orqali tashqi bozordagi o‘zgarishlarning iqtisodiyotimizga salbiy ta'siri kamaytiriladi - chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi mo‘ljallangan. Bunda tashqi bozordagi o‘zgarishlarning iqtisodiyotimizga salbiy ta'sirini kamaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 1 may, ijro uchun mas'ullar - Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Hisob palatasi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi
Iqtisodiyot | 12:27
-
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 12:20
-
Bojxona sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 12:07
-
“Tadbirkorlar olmagan daromadi uchun soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti” - Murod Muhammadjonov
Iqtisodiyot | 11:59
Mavzuga oid

16:32 / 26.12.2024
Mobil aloqa xizmatlari aksiz solig‘idan ozod etildi

16:05 / 26.12.2024
Budjet hisobidan qurilayotgan obektlarga 30 foiz miqdorida avans ajratiladi

21:39 / 01.11.2024
2025 yil budjet parametrlarida dollar kursi o‘rtacha yillik 13250 so‘mdan hisoblangan

22:55 / 30.12.2023