O‘zbekiston | 11:37 / 04.01.2019
5316
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda mahkuma ayollarning farzandlari bilan uchrashishi bo‘yicha alohida tartib belgilanadi

O‘zbekistonda mahkuma ayollarning farzandlari bilan uchrashishi bo‘yicha alohida tartib belgilanadi. Bu 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.

Hujjat bilan ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni inobatga olib, jazoni ijro etish tizimida shaxsni axloqan tuzatish va jamiyatga ijtimoiy moslashuvini ta'minlash nazarda tutilmoqda.

Bu borada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi. Loyihalarda:

yangi tashkil etilgan probatsiya xizmati faoliyatining mexanizmlari, mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish tartibini joriy etish;

mahkumlarni rag‘batlantirishning aniq va adolatli mezonlarini ishlab chiqish;

voyaga yetmagan mahkumlarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan uchrashishga bo‘lgan huquqiga nisbatan cheklovlarni bekor qilish;

mahkuma ayollarning o‘z farzandlari bilan uchrashishining alohida tartibini belgilash;

mahkumlarning uchrashuvlari va telefon orqali so‘zlashuvlari sonini ko‘paytirish, uchrashuvlarni almashtirish tizimi nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2019 yil 20 noyabr, ijro uchun mas'ullar - IIV, DXX, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mahkumlarga sodir etgan jinoyatiga qarab saylash huquqi berilishi mumkin ekani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid