2 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligida davlat organlari vakillarining ayrim tadbirkorlar bilan uçraşuvi bölib ötdi. Taklif etilganlar orasida taniqli biznesmen, Korzinka.uz tarmoğining asosçisi va rahbari Zafar Hoşimov ham bor edi, u uçraşuv haqida öz fikrlarini bayon etib ötdi.
Moliya vazirligida juda muhim uçraşuv bölib ötdi.
Moliya vazirligi, Soliq qömitasi rahbarlari va davlatimizning boşqa iqtisodiy hamda moliya taşkilotlari raislari tizimli çakana savdoning soliqqa tortişning yangi tizimiga ötkazilişi jarayonini muhokama qiliş uçun yiğilişdi. Moliya vaziri uçraşuv avvalida soliq islohotining qabul qilingan çora-tadbirlari va prinsiplari töğrisida qisqaça gapirib ötdi. U, şuningdek, ötmişda davlat soliq siyosati asosi sifatida qurilgan yölning oxiri bölmagani, imkonsizligini ta'kidlar ekan, ayni damdagi soliq siyosatida amalga oşirilgan yangiliklarni asoslab beruvçi bir qator omillarni sanab ötdi, davlat organlari faoliyatida mamlakat iqtisodiyotiga taalluqli barça masalalarda ösib borayotgan oçiqlik, şaffoflikni qayd etdi.
Agar yodingizda bölsa, 2018 yil yakunlari böyiça yaqindagina yozgan postlarimning birida ham ana şu makroiqtisodiy hamda statistik ma'lumotlarning şaffofligi va oçiqligini ham ötgan yilda erişilgan natijalar safiga kiritgan edim.
Menimça, bunday uçraşuvdan közlangan asosiy maqsad, birinçi galda, tadbirkorlardan yangilik va özgarişlarni joriy etiş jarayoni qanday boşlanganini biliş, bozor hamda iste'molçilarga vaziyat töla nazoratda ekanligi xususida öziga xos işonçli bir belgi berişdan iborat edi.
Aksariyat muştariylarimizga ayonki, tarkibida QQS narxi qayd etilgan kassa çeklari keça ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarning markazida turdi.
Köpçilik foydalanuvçilar şoşma-şoşarlik bilan buni narxlarning ustiga yana 20% qöşilişi, deb xato fikr yuritişdi.
Keça bizning xarid çeklarimiz mazkur virtual muhokamalarda qayd etilmaganiga qaramasdan (tarmoğimiz dökonlari keça işlamadi, xodimlarimizga bir kunlik hordiq berdik. Buning ustiga mahsulotlarning narxlari tarkibidagi QQS körsatilgan qatorni hali çeklarimizda joriy etmadik), çakana savdodagi hamkasblarimiz himoyasi uçun bir qança omillarni keltirişni lozim topdim.
Keça çeklarni körib, şaxsan özim şahrimizdagi bir qança supermarketlarni (bizning supermarketlarimiz işlamaganini yana bir bor yodga solsam) aylanib çiqdim. Xarid qilib, çek hamda narx yorliqlaridagi narxlarni tekşirdim. Çeklarda QQS bilan birgalikda inobatga olingan narxlar körsatilgan bölişiga qaramasdan, mahsulotlarning umumiy qiymati, şu jumladan, QQS ham bir tiyinga oşmagan edi. Xaridorlarning özlari ham bunga osongina işonç hosil qilişlari mumkin. Barça narx yorliqlarida narx örnatilgan sana mavjud. Şu tariqa, peştaxtalarda narxi bilan körsatilgan uşbu mahsulotlarning barçasi oktabr, noyabr va dekabr sanalarida qayd etilgan. Men sanalar bilan birga körsatilgan yuzdan ortiq narx yorliqlarini közdan keçirdim. Çakana savdoda narxlar ösmaganiga amin böldim.

















