Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, DYHXX texnika nazorati bo‘yicha asosiy vazifasi yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash va avtotransport vositalaridan texnik jihatdan soz holda samarali foydalanishni amalga oshirish hisoblanadi.
DYHXX tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (bo‘lim)larining yo‘l harakati xavfsizligi bo‘lim (bo‘linma, guruh)lari Texnika nazorati bo‘yicha quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) transport vositalarining konstruksiyalari yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligini nazorat qiladi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 31 yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq transport vositalarini majburiy texnik ko‘rigi o‘tkazilishini tashkil etadi va amalga oshiradi;
v) yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashga oid texnik reglament, qoida, me'yor va standartlarning bajarilishi va ularga rioya etilishini nazorat qiladi;
g) transport vositalaridan chiqayotgan zararli moddalari (gazlar, tutun, shovqinlar) ta'siridan atrof-muhitni himoya qilish talablarining bajarilishini nazorat qiladi;
d) Hukumat qarori, farmoyishi, prokuratura va tergov organlari topshirig‘i asosida transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash ishlarini tekshiradi.
DYHXX diagnostika stansiyalari texnika nazorati bo‘yicha quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazadi;
b) transport vositalarining texnik holatini tekshiradi;
v) tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar yo‘llanmasi bo‘yicha yo‘l-transport hodisalarida ishtirok etgan transport vositalarini ko‘rikdan o‘tkazadi va texnik holatini tekshiradi.
IIV YHXBB tomonidan ishlab chiqiladigan hujjatlar tarkibiga (bunday holatlarda IIV bosh tashkilot hisoblanadi) quyidagilarni belgilovchi texnik reglament, qoida, me'yor va standartlar kiradi:
avtotransport vositalari konstruksiyasining yo‘l harakati xavfsizligiga ta'sir qiluvchi tarkibiy qismlari va qo‘shimcha jihozlar ko‘rsatkichlari;
yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha transport vositalarining texnik holatiga qo‘yiladigan talablar;
yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tezkor xizmatlar transport vositalariga qo‘yiladigan talablar;
yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha transport vositalari va qo‘shimcha jihozlarning konstruksiyalariga qo‘yiladigan talablar;
tashkilot, muassasa, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa yuridik shaxslarning transport vositalarini soz holatda saqlash va to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlarda qatnashish tartibi.
Avtotransport vositalari va shahar elektr transporti vositalariga, ularning konstruksiyasi tarkibiy qismlariga va qo‘shimcha uskunalariga yo‘l harakati xavfsizligi talablari hamda atrof muhitni transport vositalarining zararli ta'siridan muhofaza qilish talablarini belgilaydigan standartlar va me'yorlarga quyidagilar kiradi:
texnik reglamentlar;
davlat standartlari;
tashkilot standartlari.
O‘zbekiston Respublikasi umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llarida foydalanish uchun mo‘ljallangan transport vositalari konstruksiyalari va qo‘shimcha uskunalari standartlashtirishga doir normativ hujjatlar mosligi DYHXX tomonidan nazorat qilinadi.
Transport vositalari konstruksiyalari va qo‘shimcha uskunalarini ishlab chiqarishning quyidagi bosqichlarida IIV YHXBB tomonidan rozilik beriladi:
a) mamlakatimizda ishlab chiqiladigan avtotransport vositalari uchun tashkilot standarti (Ts) kelishuv, namunalar sinovi va ularni ishlab chiqarish uchun qabul qilish bosqichida;
b) qo‘shimcha uskunalarga tashkilot standartini kelishish bosqichida.
Yuqorida ko‘rsatilgan bosqichlar mamlakatimizda yangi transport vositalarini ishlab chiqish va qayta jihozlash ishlari gabarit va og‘irlik o‘lchamlarining o‘zgarishi, tormoz tizimi, o‘rindiqlar soni, ko‘rish burchagini o‘rnatish, chiroq va yoritish rangi jihozlarining tavsifi, yorug‘lik ishoralari, rul boshqaruvi, yurish qurilmalari, shuningdek ko‘rishni ta'minlovchi konstruksiyaning tarkibiy qismlari, ko‘rinishni oshirish, passiv va falokatdan so‘nggi xavfsizlikni ta'minlashga bog‘liq bo‘lgan holatlarida amalga oshiriladi.
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (bo‘lim)larining yo‘l harakati xavfsizligi bo‘lim (bo‘linmasi, guruh)lari texnika nazorati bo‘yicha quyidagi faoliyatni amalga oshiradi:
ishlab chiqarish va qayta jihozlash ishlari loyiha hujjatlarisiz amalga oshiriladigan avtomototransport vositalari konstruksiyalarini;
qayta jihozlanayotgan avtotransport vositasining konstruksiyasi yo‘l harakati xavfsizligi talablariga mosligini nazorat qiladi.
Texnik topshiriqni ko‘rib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) texnik topshiriqqa yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashga bog‘liq quyidagi ma'lumotlar kiritilganligi o‘rganiladi:
foydalanish haqidagi qisqacha tavsif;
transport vositalari uchun mo‘ljallangan yo‘l sharoiti va foydalanish tartibi;
tezligi, quvvati, solishtirma quvvati;
og‘irlik o‘lchamlari (yuk bilan vazni, to‘liq vazni, yuk ko‘tarish qobiliyati, yo‘lovchilar soni, tirkamaning to‘liq vazni, o‘qlar bo‘yicha to‘la vaznning taqsimlanishi);
yo‘l sathi bilan oraliq masofa, burilish radiusi;
g‘ildiraklar soni, shinalar o‘lchami va tavsifi;
tormoz konstruksiyasi;
standart talablaridan past bo‘lmagan yo‘l harakati xavfsizligining boshqa talablari;
b) texnik topshiriq loyihalarini ko‘rib chiqish, u tushgan kunidan boshlab 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddat ichida amalga oshiriladi;
Loyihada standartlar talablari hisobga olinmagan bo‘lsa yoki transport vositasi konstruksiyasi haqidagi ma'lumot to‘liq bo‘lmasa, loyihadagi kamchiliklar qaysi standart va me'yorlarning talablariga mos kelmasligi asoslantirilib, ko‘rsatib o‘tiladi va ishlab chiqqan korxonaga jo‘natiladi.
Agar texnik topshiriqni ko‘rib chiqish bo‘yicha asoslangan kamchiliklar bartaraf etilmaganda ishlab chiqaruvchi korxonaga bajarilishi shart bo‘lgan transport vositalari konstruksiyalarida standart talablariga rioya qilish to‘g‘risida ko‘rsatma yuboriladi.
v) texnik topshiriq loyihalari bo‘yicha kamchiliklar bo‘lmasa, loyihaga rozilik beriladi va loyiha muqovasiga kelishuv haqidagi yozuvni kiritish bilan rasmiylashtiriladi.
Mavzuga oid
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026