Erkinlik ikki karra ikki tört ekanligini ayta olişingdir.

Britaniyalik yozuvçi Jorj Oruellning antiutopik yönalişda yozilgan «1984» romani dunyoning eng maşhur asarlari röyxatiga kiritilgan. Asar özbek tilida ham naşr qilingandan söng özbek kitobxonlari orasida tezda maşhur bölib ketdi, asarni mutolaa qiliş, u haqida fikr bildiriş haqiqiy çellenjga aylandi. Harqalay, raqsga tuşib, boşidan muzdek suv quyişdan köra, foydali va tartibli musobaqa boşlandi.

«1984» asarida ötgan asrning 80-yillarida Ummoniya (Angliya, Şimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya, Okeaniya, Janubiy Afrikaning umumiy nomi) mamlakatida hukm surgan siyosiy tuzum haqida söz boradi. Nom ham aynan voqealar sodir bölgan yildan kelib çiqib tanlangandek. Kitobda tasvirlangan holatlar tarixiy dalillar bilan soliştirib körilganda esa real makon Sobiq sovet ittifoqi bölgani, ingliz sotsializmi tuşunçasi ostida kommunizm nazarda tutilgani, «1984» esa totalitar tuzum avj olgan palla — 1948 yil ekani (şunçaki raqamlarning örni almaştirilgan) haqida öquvçida ehtimol paydo böladi.

Oruell dunyosida öquvçini jalb qiladigan narsa – asarning nomi. Dastlab, uning işçi nomi «​Yevropadagi oxirgi inson»​ bölgandi. Robotlaşayozgan Ingsots jamiyatida yaşayotgan, xotirasi, ongi, hissiyotlarini saqlab qolişga intilgan boş qahramonni yozuvçi faqat taşqi körinişi odamsimon bölgan maxluq emas, çin ma'nodagi Inson sifatida körsatişni istaydi. Kuçli ehtimol bilan aytiş mumkinki, roman bu nomda ham hozirgidan kam şuhrat qozonmagan bölardi.

Asar voqealari yuz bergan Ummoniyada yagona partiya, boşqaruvçi hokimiyat, jamiyat Közi mavjud. Ammo, u yerda tirik qonunlar yöq. Nimaiki partiya istaklariga uyğun bölsa, şularning barçasi qonuniy. Uning manfaatlariga zid har qanday holat, xatti-harakat esa ğayriqonuniy. Mantiqan qaralganda, partiya – kişilar jamoasi, ya'ni asar bir guruh kişilar istagi amalga oşirilişi doimo qonuniy sanalgan Ummoniya haqida.

Partiyaning ğoyalari matematik aksiomaga öxşaydi, uni qanday bölsa, şunday qabul qilişga majbursan, nega va qanday qilib degan «örinsiz» savollarga isbot talab qilinmaydi. Partiyaga şaxs emas, individ, ongsiz individ kerak.

«1984» asari uzoq yillar davomida (u 1949 yil çop etilgan) sovet makonida tarqalmaganini töğri tuşuniş mumkin. Asar kapitalistlarning xuruji sifatida avtoritar rejimlar tomonidan inkor etilgan.

Unda tasvirlangan Ingsots (ingliz sotsializmi) jamiyatida bir neça vazirlik faoliyat yuritadi — Haqiqat vazirligi, Muhabbat vazirligi, Farovonlik vazirligi. Lekin biz qöllaydigan «ismi jismiga monand» tuşunçasi şu nuqtada öz ma'nisini batamom yöqotadi: Haqiqat vazirligida haqiqatdan boşqa hamma narsa bor. Farovonlik vazirligi istalgan narsaga xizmat qilişi mumkin, faqat farovonlikka emas. Muhabbat vazirligining vazifasi esa muhabbatni tag-tomiri bilan yöqotiş. Şunga qaramay, Ummoniyada faqatgina Katta Oğaga nisbatan muhabbat bölişi mumkin. «Katta Oğaga itoat qiliş — bari ular uçun sevimli maşğulotlar».