Dunyoda «Katta oğa nazorati» degan tuşunça bor. Unga köra, zamonaviy kuzatuv tizimlari insonni u qayerdaligidan qat'i nazar, muntazam nazorat qilib turadi. Bu albatta mubolağa, lekin bugun nafaqat iqtisodiy taraqqiyotga erişgan ğarb davlatlarida, balki rivojlanayotgan mamlakatlarda, jumladan, Özbekistonda ham kuzatuv kameralari kun sayin, soat sayin köpaymoqda.

Kuzatuv kameralari tarixiga nazar taşlasak, bu yangi tarixning yangi texnologiyasi ekanligiga guvoh bölamiz. Nisbatan qisqa davrda ança murakkab texnologik bosqiçlarni ortda qoldirgan kuzatuv kameralari dastlab holatni qayd etmay şunçaki körib turiş uçun, keyinçalik videokassetalardagi lentalarga qisqa muddat yozib boriş maqsadida işlatildi, asta-sekin raqamli tizimga ötiş ortidan çeksiz va sifatli yoziş imkoniyatiga ega böldi.

Dastlab 1942 yilda Germaniyada «Siemens» firmasi tomonidan «Fau-2» harbiy raketalarini kuzatiş uçun yaratilgan kameralar yillar ötib tinç maqsadlarda, asosan köça harakatini tartibga solişda işlatila boşladi. 1956 yilda Gamburgda politsiya tomonidan «Zauberspiegel» («Sirli közgu») deb nomlangan köçalarda videokuzatuv tizimi işga tuşirildi. 1960 yilda Frankfurtda qoidabuzarlikni qayd etuvçi kameralar örnatildi. Keyinçalik bu tizim boşqa davlatlarda ham qöllana boşladi. 1960 yilda London politsiyasi Trafalgar maydoniga ikkita kamera örnatadi va bu bilan bugungi kunda Yevropada eng köp kameralaşgan Buyuk Britaniyaning bu boradagi tarixi boşlandi.

1968 yilda Nyu-Yorkda 8ta kamerani işga tuşiriş uçun 2 yil va 1,4 mln dollar sarflandi.

Avvaliga faqat qölda va kerakli paytda işlagan yozib boriş tizimida 1970 yildan boşlab uzluksiz yoziş ham yölga qöyildi.

Qiziği, 1949 yilda, hali kuzatuv kameralari rejada ham bölmagan paytda fantast yozuvçi Jorj Oruell özining «1984» asarida kelajakda kameralar hammayoqni kuzatişini mufassal yozib ötgan.

FILIPPO MONTEFORTE/AFP/GETTY IMAGES

Bu tizimning kengaya borişi aholi örtasida katta qiziqiş bilan birga sarosima ham uyğotdi. Öşa paytlarda ham bu tizimning inson huquqlariga daxl qilişi böyiça çiqişlar qilindi. Oldinroqqa ketib aytiş mumkinki, kuzatuv kameralari böyiça eng köp bahs-munozaralar aynan inson huquqlari böyiça keçadi. 1997 yilda Buyuk Britaniyaning Brayton şahrida 200 nafardan ortiq kişi kameralar faoliyatiga qarşi namoyiş ötkazişdi. Öşanda odamlar ayrim videokameralarga zarar yetkazişdi, uç kişi hibsga olindi. Keyinçalik ham bu borada namoyişlar köp kuzatildi.