#Kitobdor: «1984» romani – ötmiş, bugun va kelajakning dahşatli ssenariysi
|19:14 / 02.11.202137 01615 min
Kun.uz «Kitobdor» ruknidagi ilk videomaqolani taqdim etadi. Jahon va özbek adabiyotining eng sara namunalari va zamonaviy ilmiy-ommabop kitoblar bilan taniştirib borişni maqsad qilgan mazkur ijodiy loyihaning ilk soni dunyo romançiligi durdonalaridan biri – Jorj Oruellning «1984» asari tahliliga bağişlanadi.
Jurnalist Otabek Tillayev özbek kitobxonlari orasida qizğin bahs-munozaralarga sabab bölgan mazkur asar mohiyatini öziga xos yondaşuv bilan oçib beradi.
«Ajoyib» ta'rifiga arziydigan asar
Bundan bir neça yillar muqaddam xorijga yöl olayotgan paytim özim uçun eng qadrli bölgan ba'zi özbekça kitoblarni ham birga olişga qaror qildim. Bagaj kilosi çeklangan, tabiiyki, hamma narsani oliş imkonsiz. Şuning uçun ham öşa payt qiyin bir tanlov qarşisida qolgandim – şaxsiy kutubxonamdagi özim uçun eng qadrli va eng yaxşi deb bilgan kitoblarimni saralab olişimga töğri kelgan va şu tariqa yuk xaltamdan öntaça asar örin egallagandi.
Bugun ana şu kitoblardan biri – dunyoning qaysi bir nuqtasida bölişimdan qat'i nazar, kitob javonimni hamişa bezab turuvçi, meni ohanraboday öziga tortib, qayta-qayta öqişga undaydigan ajoyib bir asar haqida söz oçmoqçiman. Töğri, biz ba'zi narsalarni ta'riflar ekanmiz, «ajoyib» sözini işlatişni yaxşi köramiz. Ammo işoningki, bu kitob «ajoyib» degan ta'rifga çindan ham arziydi.
Utopiyami yoki realistik roman?
«1984» romani – asl ism-şarifi Erik Artur Bler bölgan ingliz yozuvçisi Jorj Oruellning kelajak haqidagi dahşatli ssenariysidir. Romanda individuallik va inson huquqlari butunlay vayron qilingan, ong nazorat ostiga olingan, odamlar esa mexanizatsiyalaşgan bir massaga aylangan totalitar dunyo tartibi hayratlanarli darajadagi tasavvur kuçi bilan hatto eng nozik detallarigaça tasvirlanadi. Asar garçi utopik xarakterga ega bölsa-da, ba'zi tanqidçi va yozuvçilar tomonidan realistik asar sifatida baholanadi.
Ha, syujyeti farqli bölişi mumkin, xayoliy tasavvurlar asosiga qurilgan bölişi mumkin, ammo dastlabki 20-30 sahifadan söng xohlang dunyoga, xohlang mamlakatingizga, xohlang yaşayotgan şahringizga, xohlang oilangizga, xohlang jamiyatning eng kiçik hujayralariga boqing – siz duç keladigan manzara Jorj Oruellning «1984» asarida tasvirlangan manzaradir. Xohlang, televizorni yoqing; xohlang, radioning quloğini burang; xohlang, gazetalarga köz yugurtiring, xohlang, internetga kiring – yana öşa manzara qarşingizdan çiqib kelaveradi.
Otabek Tillayev
Asar nomi nega «1984»?
Bu savolga javob berişdan avval uşbu kitob yozilgan davr va Jorj Oruell boşdan keçirgan voqealarga biroz töxtalib ötsak. Yozuvçi bu kitobni 1947 yil yoza boşlaydi. Ta'kidlaş joizki, bu davr Oruell hayotining eng oğir damlari edi – xotini ölgan, özi esa oğir xastalikka çalingan damlar. Içini yolğizlik kemiradi. Ögay öğli bilan Şotlandiyada yaşaydi. Ayoli vafot etgaç, sil kasalligiga çalinadi va şifoxonaga yotişga majbur böladi. Azobli kunlarning esa keti uzilmaydi. U hayot-mamot jangiga kirişadi. Biroz ahvoli yaxşilangaç, şifoxonadan çiqadi va şoh asarini yozişga kirişadi. Keyin yana ahvoli oğirlaşib, şifoxonaga yotqiziladi. Şifoxonada ham qölidan qalamini qöymaydi.
Mavzuga oid
Örni kelganda aytiş kerakki, heç bir buyuk yozuvçining şoh asari osoyişta kutubxonalarda ötirib, xotirjam holda qurut şimib yozilmagan. Hamişa ular azoblar içra, qaşşoqliklar içra, xastaliklar içra jon olib, jon berib, mana şunday asarlarni yaratişgan. Jorj Oruell ham bu kitobini şifoxonada, şifoxona palatalarida yozadi.
Şunday qilib, asar nihoyat 1948 yilda yozib tugallanadi. Yozuvçi dastlab uni «Yevropadagi oxirgi odam» deb nomlamoqçi böladi. Ammo bu fikridan qaytib, 1948dagi oxirgi ikki raqamni ters ögirib, uni 1984ga aylantiradi. Şu tariqa roman «1984» nomini oladi. Kitob çop etilganidan yetti oy ötib esa Jorj Oruell hayot bilan vidolaşadi.
«Katta Oğa seni kuzatib turibdi»
Romanning boş qahramoni – Uinston Smit. Ammo undan oldin boşqa bir obraz haqida söz yuritmasak bölmaydi. Bu – Katta Oğa timsoli. Katta Oğa hamma narsani köradi, hamma narsani eşitadi – hamma narsani biladi. U hamma narsadan xabardor, uning hamma narsadan xabari bor. Uning iznisiz hatto çivin ham qanot qoqa olmaydi; undan xabarsiz kapalak ham bir guldan ikkinçi gulga qöna olmaydi. Katta Oğa butun mamlakatni, butun xalqni, butun millatni – hamma-hammani nazorat qilişni istaydi. U barça uylarning içiga telekran qöygan. Köçalarni-ku gapirmadim, hatto uylarning içida nimalar röy berişini ham körib, kuzatib turadi. Holat şu darajadaki, bir xonadan ikkinçi bir xonaga ötişingiznigina emas, yuz ifodangiz, mimikangiz, xafa yoki xursand ekaningiz – qöyingki, har qanday munosabat va imo-işorangiz ham Katta Oğa tomonidan nazorat qilib turiladi. Katta Oğa göyoki Tangri kabidir.
Inson eng xavfli, eng tahlikali on – u Xudo rolini öynaşga kirişgan ondir, deyişadi. Katta Oğa ham mana şunday dahşatli tusga kirgan kuç va mutlaq hokimiyatning timsolidir.
Katta Oğa hamma narsadan xabardor bölgani uçun undan hamma qörqadi. Odamlar har bir qadamini, har bir nafasini unga köra oladi. Katta oğa barça narsaning egasi, barça narsaning sohibidir. Şaxs yöq, şaxsiyat yöq! Davlat yöq, davlatçilik yöq! Faqat va faqat Katta Oğa bor. Hamma narsa u uçun, hamma narsa faqat u tomonidan hal etiladi. Bir söz bilan aytganda, hamma uning quli.
Uç asosiy qahramon
Asarning uç asosiy qahramoni bor. Ulardan biri Katta Oğaning qilgan işlari yangliş ekanini anglagan Uinston Smit. Töğri, u işlar yangliş ketayotganini körib, bilib turadi, öziga xos xarakterga ham ega, ammo u ham qörqadi.
Ikkinçi qahramon – Parsons ismli obraz. U Katta Oğaning partiyasiga qullarça siğinadi. Katta Oğa va uning partiyasi nima qilsa, öşa narsa töğri – savol beriş mumkin emas! Tanqid qiliş mumkin emas! Çurq etib oğiz oçiş mumkin emas! Katta Oğa qilayotgan hamma iş töğridir. Katta Oğaning partiyasi aytgan hamma narsa mutlaq haqiqatdir. Bu – ikkinçi xarakter tipi.
Endi mundoq atrofimizga qaraylik, Parsonsga öxşagan bir qança xarakterlar bilan birga yaşayotganimizni köramiz.
Uçinçi obraz – Julia. Unga heç narsaning farqi yöq. Na Smit kabi sodir bölayotgan yangliş işlarni payqaydi, na Parsons kabi siyosatga siğinadi. «Mamlakatni qutqariş kelib-kelib menga qolibdimi? Meni çaqmagan ilon ming yil yaşasin», deydiganlar xilidan.
Eng kiçik tanqid ham xiyonatdir
Bundan taşqari, Emmenuel Goldsteyn obrazi ham borki, u davlatning duşmanidir, Katta Oğaning duşmanidir, partiyaning duşmanidir. Holbuki, unday emas. Emmenuel Goldsteyn Katta Oğa bilan inqilobni birga amalga oşirgan, mamlakat boşqaruvini birga qölga kiritgan. Aslida, u bir paytlar Katta Oğaning yöl hamrohi edi.
Ammo haqiqat şuki, öziga Tangri rolini bergan, oliy va tengsiz rahbar, hamma narsani biluvçi rahnamo rolini ijro etayotganlar ma'lum bir vaqtdan söng, ya'ni oğir va talotumli kunlar ortda qolgaç, safdoşlarini xuddi işlatilgan qölqopday bir çetga itqitişadi. Emmenuel Goldsteyn, aslida, köp narsa demaydi. Faqatgina «Şu iş xato bölyapti, nazarimda. Buni şunday qilsak, qanday bölarkin? Bu şunday qilinişi kerak emasmidi? Yölga birga çiqayotgan paytimiz bunday kelişmagandik-ku! Kuç va iqtidorni qölga kiritgaç, nega bunday özgarib qolding?» deyişi hamon u xoin deb e'lon qilinadi.
Ha, bu davlatda eng kiçik tanqid ham vatanga xiyonatdir. Davlat uçun, partiya uçun, hatto Katta Oğaning özi uçun bölsa ham, töğri deb bilganingni aytiş, töğri deb bilganingni bildiriş xiyonat bilan ayni bir narsa. Gapira olmaysan, öylay olmaysan, oğzingga talqon solib yurişga, oğzingda qatiq ivitişga majbursan! Katta Oğa nimani istasa, öşa narsani öylaşing kerak. Katta Oğa nimani gapirsa, öşa narsani gapirişing kerak. Katta Oğa nima qilişingni istayotgan bölsa, öşa narsanigina qilişing kerak. Yaxşi niyatda qilgandirsan, öz vataning uçun qilgandirsan, işonganing uçun şunday yöl tutgandirsan – bunday narsalarning ziğirça ahamiyati yöq. Agarki sen Katta Oğaning muhokama qilib bölmas, mutlaq bir iloh ekaniga işonmas ekansan, demak, xoinsan!
Tört vazirlik va ularning vazifasi
Katta Oğa bu mamlakatda törtta vazirlik taşkil etgan. Ammo ularga töxtalişdan oldin yana bir ma'lumotni keltirib ötişimiz joiz. Dunyoda uçinçi jahon urişi sodir bölgan. Şundan söng olamda tamoman yangi tartib örnatilgan. Ummoniya, Yevrosiyo va Ostosiyo nomli uç buyuk davlat mavjud. Bizning hikoyamiz esa Ummoniyada bölib ötmoqda. Xullas, Ummoniyada Katta Oğa törtta vazirlik quradi.
Haqiqat vazirligi. Haqiqat vazirligining asl işi haqiqatni yöq qilişdir. U hatto şu kunning haqiqatlarinigina emas, tarixiy haqiqatlarni ham öçirib, tarixni butkul yangidan yoziş bilan şuğullanadi. Çunki «Kim ötmişni boşqarsa, öşa kelajakni ham boşqaradi; kim bugunni boşqarsa, öşa ötmişni boşqaradi», deydi Katta Oğaning partiyasi.
Tinçlik vazirligi.Tinçlik vazirligining işi tinçlik emas, uruşdir. U doim uruş keltirib çiqaradi. Insonlar Katta Oğani savolga tutişga çoğlangani hamon, nimalardir yangliş ketayotganini piçir-piçir qiliş boşlangani hamon Tinçlik vazirligi sahnada paydo böladi va uruş keltirib çiqaradi. Çunki uruş – omma va muxolifatning unini öçirişning eng yaxşi yölidir.
Muhabbat vazirligi. Eng qörqinçli vazirlik ham aynan şu Muhabbat vazirligidir. Çunki uning işi nafrat «işlab çiqariş», jamiyatdagi barça insonni biri-biridan nafratlanadigan holga keltirişdir. Faqat bir kişi sevilişi kerak, faqat bir kişigina sevgiga munosib. U ham bölsa, Katta Oğadir!
Farovonlik vazirligi.U iqtisodiy masalalarga mas'ul hisoblanadi. Ammo u xalqning qornini töyğaziş, farovon hayotni ta'minlaş uçun mas'ul emas. Bir luqma ovqat, bir qultum suv – kifoya. Şu bilan qorningiz töysin. Çurq etmang, oğzingizni yuming, şukr qiling, qölingizni boşingizning ostiga qöyib uxlang», deyuvçi vazirlikdir bu, aslida.
Ikki karra ikki – beş
Umuman olganda, romanning butun ruhiga singib ketgan narsa şu – davlat bir narsani nima desa, demak, u öşadir. Agar davlat ikki karra ikki beş desa, sen «Tört böladi-ku», deya olmaysan. Çunki sen yöqsan! Faqat davlat bor, faqat partiya bor, faqat Katta Oğa bor! Agar u beş deyayotgan bölsa, demak, ikki karra ikki – beşdir. Agar beş emasligini inkor etsang, demak, xoinsan. Xoinlar esa yöq qilinişga mahkum!
Yozuvçi şu qadar mayda detallargaça kirib borganki, ön-yigirma yil avval çiqqan gazetalar yoqiladi va qaytadan çop etiladi. Hatto til ham özgartiriladi. Qözğolon, ozodlik, qarşilik, birlaşiş, boş kötariş, muxolifat kabi sözlar hatto luğatlardan çiqarib taşlanadi, luğatlardan öçirib taşlanadi. Çunki insonlar sözlar yordamida tafakkur qiladi, sözlarga asoslangan holda fikr yuritadi, sözlar bilan bir dunyo içida dunyo yaratadi. Sözlar bilan harakat qiladi – xayol dunyosini quradi, öz ideallarini sözlar yordamida ifoda etadi. Katta Oğa hatto luğatlardan ham ba'zi sözlarni olib taşlaydi, toki odamlar tafakkurdan yiroq bölsin, unga muxoliflik qila olmasin.
Bir tasavvur qilib köring-a, tört-beşta olim birlaşib, çeklangan tilni yaratadi. Odamlar 100ta söz boyligi bilan muloqot qilişadi va bu 100ta sözning 80tasi itoatkorlik, böysuniş, hurmat, aytilganidek bajariş, qoidalarga böysuniş va hokazolardan iborat. Bu dahşat bölmasdan nima?
«1984» nega kun tartibidan tuşmayapti?
Yuqorida aytilganidek, Jorj Oruell bu asarini 1948 yilda yozgan. Agar bugun yozgan bölsa ham şaxsan men hayron qolmasdim. Işoning, yuz yildan keyin bolalarimiz, nabira-yu, evara-çavaralarimiz – balki u paytlar insonlar fazo kemalariga minib, Marsga, Yupiterga ketayotgan bölişlari ham mumkin, ammo heç narsa özgarmaydi – mundoq atroflariga boqib, köradilarki, hayot xuddi «1984» romanidagi kabi. Çunki insonning şaxs böliş, şaxs bölib şakllaniş, kuç va iqtidor sohiblarining esa şaxsni eziş, uni böysundirişga intiliş jangi heç qaçon töxtamaydi.
Nima uçun bu asar dunyo kun tartibidan heç tuşmayapti? Nega u şoh asar hisoblanadi? Nega u hali ham ohorini yöqotmayapti? Çunki «1984» inson va jamiyatning eng nozik nuqtasiga borib tegadi. Bir tomonda şaxs, bir tomonda davlat. Bir tomonda ozod va hur insonlar, bir tomonda esa robotlaştirilgan, ulkan maşinaning kiçik bir murvatiga aylantirilgan, ruhsiz, tafakkursiz, estetik diddan mahrum, tussiz va hissiz, bir söz bilan aytganda, heç qanday qadr-qiymat va mohiyatga ega bölmagan insonni yaratiş kuraşi.
Xotima örnida...
Men «1984»ning Karim Bahriyev tarjimasidagi özbekça naşrini, Şarif Özuoydin tarjimasidagi turkça naşrini ham öqidim. Xudo umr bersa, yana va yana öqimoqçiman. Öqimagan bölsangiz, Siz ham albatta, öqing. Öqiş bilangina çeklanib qolmang – yaxşi körgan insonlaringizga ilining, ulaşing; ularga ham öqiting. Bu kitob Sizga juda köp narsa beradi – dunyoqaraşingiz ufqini kengaytiradi, Sizga yangi perspektiv taqdim etadi.
Kitob öqing, kitobda qoling, keyingi kitobda körişgunça!
Loyiha muallifi:
Otabek Tillayev.
Tasvirçi va montajçilar:
Adhamjon Abdurahmon,
Sanjarbek Rahimov.