Nihoyat biz Osiyo Kubogiga çet ellik mutaxassis Ektor Kuper bilan taşrif buyuryapmiz. Göyoki, bu qaror oldinga taşlangan juda dadil qadamdek körinsa-da, aslida yevropalik murabbiylar Osiyoda allaqaçon urfga aylanib bölgan. Qit'aning boş turniri iştirokçilarining aksariyatini çet ellik murabbiylar boşqarmoqda.

Faqat çet ellik emas, röyxat içida butun dunyo uçun notaniş bölmagan tajribali mutaxassislar, hatto jahon çempionlarini ham uçratişimiz mumkin. Agar Ektor Kuperni Osiyodagi eng maşhur 10 murabbiydan biri deb e'tirof etsak, qolgan töqqiz nomzod haqida quyida gaplaşamiz.

Osiyo Kubogi rang-barangligi jihatidan Afrika, Lotin Amerikasi va hatto Yevropadan ham alohida ajralib turadi. Çunki, Osiyoda futbolida uslub, mentalitet, madaniyat nuqtai nazaridan bir-biriga öxşaş bölmagan mamlakatlar juda köp. Şuningdek, terma jamoalar boşida bir qator kuçli murabbiylarning bölişi jamoalar öyiniga yanada sayqal beradi.

ALBeRTO DZAKKeRONI (BAA)
Italiya. 1953 yilda tuğilgan. Işlagan jamoalari: «Milan», «Latsio», «Inter», «Yuventus», Yaponiya terma jamoasi.
Yutuqlari: Italiya çempioni (1999), Osiyo çempioni (2011)

Asr boşlarida futbolga qiziqqan futbol muxlislari Dzakkeronini juda yaxşi bilişadi. U Italiyaning uç katta klubida ham boş murabbiy sifatida işlagan kam sonli mutaxassislardan hisoblanadi. Skudettoni esa, u «Milan» bilan, özining ilk mavsumida qölga kiritgan. Şuningdek, Dzakkeroni A Seriyada bugunçaga keng qöllaniladigan 3-4-3 sxemasini ommalaştirgan mutaxassislardan hisoblanadi. Töğri, Zdenek Zeman undan oldinroq sinab körgan, ammo aynan Dzakkeroni Italiyaning top-klublariga bu sxemani olib kirib, uzoq vaqt qöllagan.

Alberto Osiyo futboli uçun ham, Osiyo Kubogi uçun ham begona emas. U 2010-2014 yillarda Yaponiya terma jamoasini boşqarib, 2011 yili Qatarda ötgan Osiyo Kubogida ğolib çiqqandi.