Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 5 yanvar kuni Turizmni tezkor rivojlantirişga doir çora-tadbirlar rejasi töğrisidagi farmonini hamda tegişli qarorni imzoladi. Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov yaqin yillarda turizmni rivojlantirişga yönaltirilgan ikki muhim hujjat böyiça Kun.uz'ga izoh berdi.

«Uşbu hujjatlarning yangi yil boşida qabul qilinişi ham öziga xos ahamiyatga ega. Ötgan yil boşida ham davlat rahbari turizmni rivojlantirişga doir juda muhim hujjatni imzolagandi. Bu yilning 5 yanvar kuni prezidentimiz tomonidan yana ikki hujjat - turizmni tezkor rivojlantirişga yönaltirilgan farmon va qaror imzolandi. Farmonda turizmni rivojlantiriş uçun qulay şaroitlar yaratişga e'tibor qaratilgan.

Prezidentning «Turizmni tezkor rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar rejasi töğrisida»gi farmoni bilan 2019-2025 yillar uçun Turizmni rivojlantiriş konsepsiyasi tasdiqlanadi, ya'ni Konsepsiya yaqin 6 yil içida qilinişi kerak bölgan işlarni öz içiga oladi.

2019-2020 yillarda biz qonunçilikka oid özgarişlarni amalga oşirişni rejalaştirganmiz. Mazkur konsepsiya sönggi yillarda amalga oşirilgan işlar, tajribamiz hamda turkiyalik tajribali ekspert Sodiq Badakning maslahatlari asosida işlab çiqildi. Ta'kidlaş joizki, Badak bu işga juda çuqur yondaşib, qilingan işlar hamda mavjud muammolardan kelib çiqib, samarali tavsiyalar berdi. Turkiyaning turizmni rivojlantirişga doir tajribasi çuqur örganildi va yangi hujjatlar amalda öz isbotini topgan qarorlar, ya'ni öz vaqtida Turkiyada samara bergan va sohada katta özgarişlarga yöl oçgan qarorlar asosida işlab çiqildi», - deydi Boş vazir örinbosari.

Aziz Abduhakimovning sözlariga köra, hujjatda maqsadli parametrlar qayd etilgan, 2025 yilga borib turizmning Özbekiston yalpi içki mahsulotidagi uluşini - 2,3 foizdan (2017 y.) 5 foizga, xorijlik sayyohlar sonini esa 9-10 million nafarga, jumladan uzoq xorijiy mamlakatlardan keluvçi turistlar sonini 2 milliongaça oşiriş közda tutilgan. Şuningdek, turizm eksporti hajmini 950 million dollardan 2,2 milliard dollargaça oşiriş kutilmoqda. Joylaşuv vositalari sonini 850tadan 3000tagaça çiqariş rejalaştirilgan. Turoperatorlar soni ham 860tadan deyarli ikki baravarga oşişi közda tutilgan.

«Hujjatdan şuningdek qulay logistikani öz içiga olgan zamonaviy transport infratuzilmasini yölga qöyişga doir işlar örin olgan. Bu havo, temir yöl, avtomobil va suv transporti. Markaziy Osiyoda çegaralarni kesib ötişda qulay şaroitlar yaratişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu yönalişda qöşni Qozoğiston bilan viza rejimlarini unifikatsiya qiliş ustidagi işlarni davom ettiryapmiz. Bu taklif qilinayotgan turistik mahsulotlar kölamini kengaytiriş va ularni diversifikatsiyalaşni nazarda tutadi. Birinçi navbatda bu yönalişda ziyorat turizmi, ekoturizm, agroturizm, etnoturizm, sport turizmi, MICE-turizmga e'tibor qaratiladi.