Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar Isroil–Eron uruşiga AQŞning pozitsiyasini muhokama qildi.
Şuhrat Rasul: Dastlab Trampning vajohati kuçli edi, u 24 soatda Eronga taslim böliş talabini qöydi, lekin köp ötmay, ehtiyotkorlikka ötdi. Hatto AQŞ Yaqin Şarqdagi harbiy bazalariga B-2, F-35, F-22, KC-135 samolyotlari va Nimits samolyot taşuvçilarini yubordi. Şunday harakatlar bilan AQŞ Eron bilan uruşga 100 foiz qöşiladi degan muhit yaratdi.
Birinçi kungi zarbalarda Isroilning 200 ta samolyoti iştirok etgan va katta ehtimol bilan Trampga Eronning butun havo mudofaa tizimi yakson bölgani, harbiy elitadagi muhim şaxslar yöq qilingani, ğalabaga oz qolgani haqida hisobot berilgan. Mana şu fonda Tramp: “Men hammasini bilar edim, hammasi men bilan kelişilgan” dedi. Agarda Eronning Isroilga kuçli javob zarbalari bölmaganda, u Isroilga biz yordam berdik va bu mening ham ğalabam degan bayonot ham berişi mumkin edi.
Eron 200 ta raketa otgaç, Trampning gapiradigan gaplari ham özgarib qoldi va vaziyatga qarab iş qilyapti. Xöş, u Isroil bilan birga Eronga hujum qiladigan bölsa, rostdan ham ğalaba qila oladimi? Buning imkoniyati juda kam. U Eronning harbiy maşinasini butunlay işdan çiqarişi mumkin, lekin undan ortiği imkonsiz. Hozirda ikkita masala qöyilyapti: Natanz va Fordodagi yerostiga çuqur yaşirilgan reaktorlarni va sentrifugalarni yöq qiliş hamda mamlakatda rejimni yiqitiş. AQŞning 14 tonnalik GBU-57 bombalari zarba berganda ham nişon yöq qilinişiga kafolat yöq.
Kamoliddin Rabbimov: Ekspertlar ehtimoliy uruşni modellaştiryapti va Eronning imkoniyatlarini tahlil qilyapti. Agarda AQŞ uruşga qöşilsa, Eron Hörmuz böğozini yopadi. Dunyo iqtisodiyotida iste’molda bölgan neftning 20-30 foizi şu zahoti bloklanadi. Bundan Xitoy, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti katta zarar köradi, Undan taşqari, Yamandagi husiyçilar Qizil dengizni bloklaydi. Qizil dengiz dunyodagi eng muhim dengiz yöllaridan biri, Suvayş kanali orqali Örta Yer dengizi bilan boğlanib, Yevropa, Osiyo va Afrika örtasidagi savdo aloqalarida markaziy rol öynaydi. Bu hududdagi beqarorlik, ayniqsa husiylar tomonidan amalga oşiriladigan harbiy harakatlar, dunyo miqyosidagi iqtisodiy barqarorlikka jiddiy tahdid soladi.
Şunday ekan, bu mintaqaning xavfsizligini ta’minlaş nafaqat Yaqin Şarq, balki butun dunyo hamjamiyati uçun muhim strategik vazifadir. Amerika qudratli davlat bölsa ham, husiylarni yillar davomida yöq qila olmadi. Undan taşqari, “Hizbulloh” uruşga aralaşiş ehtimoli ham mavjud, albatta, ular faqat Isroilni qöşimça çalğitiş omili böladi xolos.

















