Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda iyun oxiridan ichki aviaqatnovlar soni ko‘payadi
Mamlakat ichidagi transport qulayligini oshirish maqsadida O‘zbekistonda iyun oyi oxiridan boshlab ichki muntazam aviaqatnovlar soni ko‘payadi.
Yangi yo‘nalishlar asosiy tarixiy va sayyohlik markazlari orasidagi safar vaqtini qisqartirish, shuningdek, hududlarning o‘zaro bog‘liqligini yaxshilash imkonini beradi.
Xususan, Centrum Air aviakompaniyasi 24 iyundan boshlab Samarqand — Urganch yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga uch marta parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. 25 iyundan boshlab esa Buxoro — Urganch, Samarqand — Buxoro va Buxoro — Toshkent yo‘nalishlarida haftasiga ikki marotaba parvozlar amalga oshiriladi. Toshkent — Urganch yo‘nalishi bo‘yicha esa allaqachon har kuni (seshanbadan tashqari) parvozlar bajarilmoqda.
Ichki aviaqatnovlarning kengayishi sayyohlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratib, muhim tarixiy va madaniy markazlarga borishni osonlashtiradi.
Transport infratuzilmasining takomillashuvi ichki turizmni rivojlantirish, mintaqalar iqtisodiyotini rag‘batlantirish va ularning umummilliy sayyohlik oqimiga qo‘shilishiga ko‘maklashadi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
18:45 / 27.06.2026
Toshkent va Ammon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026