Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyat IIB vakillari Andijon tumani aholisi bilan muloqotlar o‘tkazdi
Andijon viloyati IIB boshlig‘ining sektori hisoblangan Andijon tumanida yashovchi aholini kunlik ijtimoiy masalalarini o‘rganish ishlari tizimli tashkil etilgan. Jumladan, tumanning Baxt, , Poloson, Oyjamol va Sanoat MFYlarida yashovchi aholi ishtirokida uchrashuv-muloqot o‘tkazildi, deya xabar beradi boshqarma axborot xizmati.



Uchrashuvlarda hududda yashovchi kishilarning bugungi kunda qiynab kelayotgan muammolar yechimi, qish mavsumini betalofat o‘tkazish, xonadonlarda fuqarolarning ehtiyotsizligi oqibatida kelib chiqayotgan tabiiy va is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish, uning ayanchli oqibatlaridan fuqarolarni ogohlikka chaqirish kerakligiga alohida e'tibor qaratildi. Xodimlar muloqot davomida mahalla yoshlariga taniqli adiblarning badiiy asarlarini topshirdilar.



Sektor rahbarining tashabbusi bilan hududdagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj 80 ta oilalarga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi. Shuningdek, 120dan ziyod oilalar holidan xabar olinib, mavjud muammolariga yechim topildi.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026