Peru va Braziliya chegarasida kuchli zilzila qayd etildi
Peruning Braziliya bilan chegaradosh Purus viloyatida 7,2 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi. Bu haqda Peru geofizika instituti ma'lum qildi.
Yer silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 14.25 da (Toshkent vaqti bilan 6 yanvar soat 00.25) 598 km chuqurlikda qayd qilingan, unga 4-daraja berilgan. Bu ko‘pchilik odamlar zilzilani sezganliklarini anglatadi. Bunda devor va oynalar go‘yoki katta yuk mashinasi yonidan o‘tib ketgandek titrab shovqin chiqargan bo‘lishi mumkin.
AQSh geologik xizmati xuddi shu vaqtda Braziliyada 6,8 magnitudali zilzila bo‘lganini ma'lum qilgan. Zilzila markazi Tarauaka munitsipalitetidan 89 km g‘arbroqda, o‘chog‘i esa 575 km chuqurlikda bo‘lgan.
Ayni vaqtda talofatlar yoki jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.
Mavzuga oid
18:24 / 04.11.2024
Peruda futbolchi o‘yin vaqtida chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi
21:55 / 22.10.2024
Peru sobiq prezidenti Alexandro Toledo pora olgani uchun 20 yilga qamaldi
07:30 / 17.10.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
18:44 / 16.10.2024