Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.
Nizomga ko‘ra, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga ruxsat beriladigan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya uning egasiga belgilangan hududda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish huquqini beradi, bunda qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlarni qazib olish huquqiga alohida litsenziya olish talab qilinmaydi.
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga ruxsat beriladigan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlangan qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga ruxsat beriladigan yer qa'ri uchastkalari bo‘yicha ularni qazib olish uchun beriladi.
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun yer qa'ri uchastkalari, shu jumladan o‘lchamlari 1 gektardan ortiq bo‘lmagan sochma oltin konlari taqdim etiladi.
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalarga O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bo‘lgan jismoniy va O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxslar talabgor bo‘lishlari mumkin.
Lisenziyani yoki yer qa'ri uchastkasidan (to‘liq yoki qisman) foydalanish huquqini uchinchi shaxslarga berish (topshirish), shuningdek, bitta yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziyani bir necha shaxsga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish litsenziyada nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Yer qa'ri uchastkalaridan foydalanishning asosiy shartlariga “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 33, 35, 37, 40, 41 va 43-moddalari bilan belgilangan shartlar kiradi.
Yer qa'ri uchastkalaridan foydalanishning namunaviy shartlari Davlat geologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va zarurat bo‘lganda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida ham e'lon qilinishi mumkin.
Yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish shartlarida:
qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishning ruxsat etilgan usullari va vositalari, shuningdek, foydalaniladigan asbob-uskunalar va texnikaga qo‘yiladigan talablar;
qazib olingan qimmatbaho metallarga egalik qilish huquqi;
yer qa'ri uchastkalaridan foydalanishning cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi yoki muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin bo‘lgan shartlar;
yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqi tugatilgandan so‘ng, yer qa'ridan foydalanuvchilar zimmasiga yer qa'ri uchastkalarini rekultivatsiya qilish va ularni keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish majburiyati nazarda tutiladi.
Lisenziyalar Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasidagi elektron auksion yakunlari bo‘yicha 3 yil muddatga beriladi.
Yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi litsenziya berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Lisenziya muddati tugagandan so‘ng, yer qa'ridan foydalanuvchilar tomonidan yer qa'ri uchastkalari belgilangan tartibda rekultivatsiya qilinib ularni keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilgan holda mahalliy davlat organlariga topshiriladi.
Davlat geologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yer qa'ri uchastkalari ro‘yxati tasdiqlangandan so‘ng 5 kun mobaynida auksionda realizatsiya qilish uchun yer qa'ri uchastkasi bo‘yicha tegishli ma'lumotlar tayyorlanishini ta'minlaydi.
Yer qa'ri uchastkasi bo‘yicha materiallar quyidagilardan iborat bo‘ladi:
yer qa'ri uchastkasining nomi (yoki raqami) va joylashgan joyi (geografik koordinatali nuqtalari bilan);
yer qa'ri uchastkasining belgilangan maqsadi;
yer qa'ri uchastkasi joylashgan joyning fotosurati (15x20 sm).
yer qa'ri uchastkasining maydoni (gektarda);
yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga qo‘yishning boshlang‘ich narxi;
yer qa'ri uchastkasidan foydalanishni amalga oshirish muddati;
yer qa'ri uchastkasidan foydalanish shartlari.
Davlat geologiya qo‘mitasi tegishli ma'lumotlar tayyorlangandan so‘ng 2 kun mobaynida operatorga yer qa'ridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha auksion tashkil qilish haqidagi elektron buyurtmani taqdim qiladi.
Hujjatlar to‘plami Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan to‘liq bo‘lmagan holda taqdim etilsa, yer qa'ridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha auksion tashkil qilish haqidagi elektron buyurtma qabul qilish rad etilishi mumkin.
Mazkur holatda, operator buyurtmani olgandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan buyurtmani bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklarni ko‘rsatgan holda Davlat geologiya qo‘mitasiga qaytaradi.
Davlat geologiya qo‘mitasi operator tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklarni 3 kun mobaynida bartaraf etib, buyurtmani takroran operatorga yuboradi.
Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan buyurtmalar qabul qilingandan so‘ng operator tomonidan bir kun mobaynida:
bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqi auksionga qo‘yilishi to‘g‘risidagi axborotni tarqatadi;
Davlat geologiya qo‘mitasiga qimmatbaho metallar mavjud yer uchastkalaridan foydalanish huquqi auksionga qo‘yilishi haqidagi axborotni yuboradi.
Davlat geologiya qo‘mitasi yuridik va jismoniy shaxslarni auksionda ishtirok etishga keng jalb qilishga doir hujjatlar va operator tomonidan taqdim etilgan axborotni o‘z rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Mavzuga oid
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026