Jahon | 07:40 / 07.01.2019
7455
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada mamlakatdan chiqish uchun soliq joriy qilindi

Foto: AFP 2018 / Kazuhiro Nogi

7 yanvardan boshlab Yaponiyani samolyot yoki kema bilan tark etuvchi har bir yo‘lovchidan mamlakatdan chiqish uchun 1000 iyen (10 dollar) miqdorida yangi soliq undiriladi. Bu qonun mamlakat fuqarolari va mamlakatni tark etuvchi xorijliklar uchun birdek amal qiladi. 

Ta'kidlanishicha, soliq samolyot yoki kemalar narxiga bog‘lab qo‘yiladi. 7 yanvargacha chiptalar sotib olganlar soliq to‘lamaydilar.

Ushbu soliqni to‘lash mamlakatda vaqtinchalik to‘xtab, uni 24 soat ichida tark etuvchilar, kemalar va samolyotlar ekipajlari, deportatsiya qilinuvchi shaxslar, ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar, diplomatlar, hukumat reyslari hamda ob-havo sharoiti tufayli Yaponiya portlariga kiruvchi va aeroportlariga qo‘nuvchi kema hamda samolyotlar yo‘lovchilariga istisno qilinadi.

Yaponiya hukumatining hisob-kitobiga ko‘ra, 2020 yilgacha Yaponiyaga o‘rtacha 40 mln sayyoh keladi, bu esa hozircha bepul vizalar beruvchi ushbu mamlakatga katta daromad keltirishi mumkin. 

Ma'lum qilinishicha, soliqdan olinadigan mablag‘ Yaponiya xalqaro aeroportlarining o‘tkazish qobiliyatini yaxshilashga, sayyohlik joylarining jozibadorligini oshirishga ishlatiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid