Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobod tumanida ko‘p kvartirali uy-joy fondi professional boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqariladi
Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2019 yilda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ko‘p kvartirali uy-joy fondini professional boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqarish bo‘yicha tajriba o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Quyidagilar:
ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqarish sxemasi;
Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishning "Yo‘l xarita”si tasdiqlandi.
Tajriba doirasida quyidagilar belgilandi:
ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarish uchun boshqaruv kompaniyalari tuman hokimligi tomonidan ko‘p kvartirali uylardagi turar-joylar mulkdorlarining ishonchli shaxslari bilan birgalikda o‘tkaziladigan tanlov asosida tanlab olinadi;
ko‘p kvartirali uy-joy fondining umumiy foydalanishdagi mulkini saqlash, undan foydalanish va ta'mirlash boshqaruv kompaniyasi tomonidan ko‘p kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra, ko‘p kvartirali uydagi turar-joylar mulqdorlari yoki ularning ishonchli shaxslari bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda tuzilgan shartnoma shartlarini bajarish ko‘p kvartirali uydagi turar-joylarning barcha mulkdorlari uchun majburiy hisoblanadi;
ko‘p kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlarining majburiy badallari va noturar-joylar mulkdorlarining to‘lovlari miqdori ko‘p kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishida tuman xalq deputatlari Kengashi tomonidan belgilanadigan eng kam miqdordan past bo‘lmagan miqdorda belgilanadi;
ko‘p kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlari shartnomaga muvofiq umumiy foydalanishdagi mulkni saqlash, undan foydalanish va ta'mirlash bo‘yicha majburiy badallarni har oy to‘lashi shart;
boshqaruv kompaniyasi o‘z faoliyatini turar-joylar mulkdorlari oldida hisobdorlik va oshkoralik asosida amalga oshiradi hamda har chorakda hisobot berib boradi;
boshqaruv kompaniyasi mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tegishli tashkilotlarga mulkdorlar nomidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati va yetkazib berish masalalari bo‘yicha murojaat etishga haqli;
ko‘p kvartirali uyda turar-joylarni sotib oluvchi shaxslar mulkdorlik huquqi yuzaga kelgan vaqtdan boshlab, umumiy mulkni saqlash xarajatlarini amalga oshiradi;
boshqaruv kompaniyasi turar-joylar mulkdorlaridan umumiy mulkni saqlash bo‘yicha o‘z vaqtida to‘lanmagan majburiy badallarni belgilangan tartibda undirish huquqiga ega;
mulkdorning unga tegishli bo‘lgan turar-joydan foydalanmasligi yoki umumiy mulkdan foydalanishni rad etishi uni majburiy to‘lovlarni to‘liq yoki qisman to‘lashdan ozod etmaydi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:22 / 14.03.2026
Yunusobodda yangi qurilayotgan turar joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi
10:12 / 10.03.2026