Jahon | 00:34 / 08.01.2019
7426
2 daqiqa o‘qiladi

Avstriya va Germaniyada kuchli qor yog‘ishi sababli 7 kishi halok bo‘ldi

Foto: AP Photo / Zoom Tirol / Georg Koechler

Oxirgi bir necha kun davomida Avstriyaning Forarlberg va Zaltsburg federal yerlarida kuchli qor yog‘ishi tufayli 6 kishi, Germaniyaning Bavariya federal yerida esa bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Standard nashri xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, Germaniya va Shveytsariyaning uch fuqarosi Forarlberg viloyatida qor ostida qolib, halok bo‘lgan. Yana 3 kishi Zaltsburgda hayotdan ko‘z yumgan. Bir tog‘ chang‘ichisi Bavariyada halok bo‘lgan.

Meteorologiya va geodinamika markaziy instituti ma'lumotlariga ko‘ra, Avstriyada qor qatlami bir kunda 30-50 santimetrga, ba'zi hududlarda esa 80 santimetrgacha yetgan. Yomon ob-havo tufayli bir necha ming uy va korxona elektr tokisiz qolgan. 

Avstriyaning ba'zi hududlari, jumladan Tirol va Forarlbergda qor ko‘chkisi xavfliligining 4-darajasi saqlanib qolmoqda. Ta'kidlanishicha, yomon ob-havo sababli Xoxkar tog‘-chang‘i kurorti ham o‘z ishini to‘xtatib qo‘ygan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid