Jahon | 18:02 / 08.01.2019
10823
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada yuzlab siyosatchilarning akkauntlarini buzib kirgan xaker o‘quvchi bo‘lib chiqdi

Foto: RIA Novosti / Kirill Kallinikov

Germaniyada yuzlab siyosatchilarning akkauntlarini buzib kirgan xaker o‘quvchi bo‘lib chiqdi, u ota-onasi bilan Gessen federal yerida yashaydi, deb ma'lum qildi Mayndagi Frankfurt shahri bosh prokurori Georg Undefug.

"Gap 20 yoshli yigit haqida bormoqda. U maktabda o‘qiydi", dedi bosh prokuror matbuot anjumanida. 

Avvalroq germaniyalik yigirma yoshli shaxs Twitter orqali siyosatchilar, jurnalistlar va jamoat arboblariga oid shaxsiy ma'lumotlarni tarqatganlikda gumonlanayotgani xabar qilingandi. Bu ma'lumotlar telefon raqamlari, uy manzillari, suratlar va o‘zaro yozishmalardan iborat bo‘lgan.  

"Gumondor bir o‘zi harakat qilganligini aytdi. Hozircha bu ishga boshqa shaxslarning aloqadorligi aniqlanmadi", dedi bosh prokuror. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid