Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilda necha muhojir halok bo‘lgani va bedarak yo‘qolgani ma'lum qilindi
Foto: EPA\UPG
2018 yil davomida deyarli 4600 muhojir halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi ma'lum qildi.
“Bizdagi ma'lumotlarga ko‘ra, kamida 4592 muhojir yo‘lda halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan”, deb aytgan tashkilot vakili Leonard Doyl Jyenevadagi brifingda.
Doylning aytishicha, qurbonlarni sanash jarayoni davom etmoqda, chunki bir qator manbalardan hali ma'lumotlar olinmagan.
Qurbonlarning yarmidan ko‘pi (2 297 kishi) Afrikadan Yevropaga O‘rta yer dengizi orqali o‘tish yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi.
Jumladan, Shimoliy Afrikada 567 kishi, Afrikaning Sahroi kabirdan janubda joylashgan davlatlarida 559 kishi, Meksika va AQSh chegarasida 393 kishi, Afrika shoxi mintaqasida 274 muhojir halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.
XMT ma'lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlarda Yaqin Sharq (121 kishi), Yevropa (109), Markaziy Amerika (77), Janubi-sharqiy Osiyo (68) va Markaziy Osiyo (52) kelmoqda. Boshqa mintaqalarda qurbonlar soni ancha kamroqni tashkil qilgan: Karib havzasida 34 kishi va Janubiy Amerikada 27 kishi.
XMT vakilining ma'lum qilishicha, 2018 yilda Yevropaga O‘rta yer dengizi orqali 116 mingdan ko‘proq muhojir kelgan.
2018 yil halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan muhojirlar soni 3000 dan oshgan qatorasiga 5-yil bo‘ldi.
Mavzuga oid
10:06 / 27.01.2026
NATO bosh kotibi Ryutte: Yevropa AQShsiz o‘zini himoya qila olmaydi
14:51 / 26.01.2026
Zelenskiy: Belarusning Rossiyaga qaramligi - Yevropa uchun tahdid
15:05 / 22.01.2026
Tramp Davosda: Yevropa noto‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda
14:14 / 22.01.2026