Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fermer xo‘jaliklarida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi
Hukumat qarori bilan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini yaratish va faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
“Huquqiy axborot” kanaliga ko‘ra, nizomga muvofiq, ish beruvchi tashkilotda mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlarini tashkil qilishi shart.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek fermer xo‘jaliklarida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi yoki xizmatning funksiyalarini bajarish maxsus tayyorgarlikka ega xodimga topshiriladi.
Xizmat xodimlari ish beruvchidan bunday turdagi ishni bajarishga ruxsati bo‘lmagan, tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnoma berilmagan, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanmaydigan shaxslarni ishdan chetlatishni talab qilish huquqiga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimiga yangi tuzilmalar kiritilgandi.
Mavzuga oid
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026