Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MB banklarga iste'molchilar huquqlarini buzadigan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish haqida ko‘rsatma berdi
Tijorat banklari bilan mijozlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni o‘rganish natijalariga ko‘ra, banklar tomonidan shartnomalarga ajratilgan kreditlar va qabul qilingan depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarini, shuningdek bank xizmatlari uchun belgilangan tariflarni bir tomonlama o‘zgartirishni nazarda tutuvchi shartlar kiritilganligi holatlari aniqlanib, bu bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini buzilishi deb hisoblanadi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bunday holatlarni bartaraf etish va takrorlanmasligini ta'minlash maqsadida Markaziy bank tomonidan barcha tijorat banklariga tegishli ko‘rsatma berilgan.
Kredit yoki depozit shartnomangizda kreditlar va depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarni, shuningdek bank xizmatlari uchun belgilangan tariflarni bir tomonlama o‘zgartirishni nazarda tutuvchi shartlar mavjud bo‘lsa, ushbu shartlarni bekor qilish yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga murojaat etish mumkin.
«Shartnoma shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha bankka murojaat etganingizda muammolar yuzaga kelsa, u holda Siz Markaziy bankining Bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga yozma ravishda yoki (71) 200-00-44 raqamli ko‘p kanalli yagona «Ishonch telefoni» orqali murojaat etishingiz mumkin», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:42 / 20.05.2026
Yer ijarasi shartnomasini uzaytirishning yangi tartibi tasdiqlandi
10:55 / 21.11.2025
Cobalt uchun olingan har beshta shartnomaning faqat bittasiga to‘lov amalga oshirilgan
18:15 / 16.09.2025
2027 yildan uy-joy oldi-sotdisi onlayn tarzda tasdiqlanadi
13:11 / 01.08.2025