Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyati samaradorligi oshiriladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
Qarorda aytilishicha, “Navoiy KMK" DK Loyiha ofisi tashkil etiladi va unga quyidagi vazifalar yuklanadi:
korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish va “Navoiy KMK" DKni aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish ishlarini tashkil etish;
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq “Navoiy KMK" DKning moliyaviy hisobotini o‘tkazish ishlarini tashkil etish;
biznes-jarayonlarni optimallashtirish va avtomatlashtirish hisobiga ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini pasaytirish;
korxonaning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini, shu jumladan, moliya va xaridlar sohasida transformatsiyalarni amalga oshirish hisobiga takomillashtirish.
Shuningdek, “Navoiy KMK" DK bosh direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etilib, unga quyidagi asosiy funksiyalar yuklanadi:
“Navoiy KMK" DKda korporativ boshqaruv va moliyaviy menejmentning zamonaviy usullarini joriy etish, shu jumladan, investorlar uchun moliyaviy hisobotlarni va boshqa hisobotlarni e'lon qilgan holda belgilangan tartibda mustaqil tashqi audit o‘tkazilishini tashkil etish;
“Navoiy KMK" DK Loyiha ofisi ishi samaradorligini tashkil etish, uning tarkibiga ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish tajribasiga ega bo‘lgan xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilish;
xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb etish yo‘li bilan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish va diversifikatsiyalash, shuningdek, mamlakatimiz va xalqaro fond bozorlarida aksiyalarni birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish.
Hujjat bilan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining tashkiliy tuzilmasi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi Loyiha ofisining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Mavzuga oid
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
15:40 / 06.05.2026