Jahon | 21:06 / 09.01.2019
5308
2 daqiqa o‘qiladi

O‘rta yer dengizida 3 yil ichida 650 mingdan ko‘proq muhojir qutqarildi

O‘rta yer dengizida Yevropa Ittifoqining noqonuniy muhojirlar tashuvchilariga qarshi harbiy-dengiz operatsiyasi natijasida 3 yil ichida Afrika va Yaqin Sharq davlatlaridan 650 mingdan ko‘proq muhojir qutqarildi. Bu haqda migratsiya, ichki ishlar va fuqarolik masalalari bo‘yicha yevrokomissar Dimitris Avramopulos ma'lum qildi. 

“Yevropa Ittifoqi 2015 yildan beri dengizda o‘lim sonini 36 foizga qisqartirib, 650 mingdan ko‘proq muhojirni qutqarishda yordam berdi”, deb aytgan Avramopulos jurnalistlarga.

Dekabrda Yevropa Ittifoqi davlatlari 2019 yil mart oxirigacha “Sofiya” missiyasi mandatini uzaytirishga kelishib olishgan. Bu missiyadan asosiy maqsad O‘rta yer dengiz orqali muhojirlar tashuvchilariga qarshi kurash va odamlarni qutqarish hisoblanadi. 

Keyinchalik “Sofiya” nomini olgan EUNAVFOR MED operatsiyasi 2015 yildan beri amal qiladi va O‘rta yer dengizi orqali Yevropaga o‘tmoqchi bo‘lgan muhojirlarni qutqarishga qaratilgan. 

Mavzuga oid