Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlari mehnatini rag‘batlantirishning samarali tizimi joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xodimlari mehnatini rag‘batlantirishning samarali tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, budjet tashkilotlari va budjet tashkiloti bo‘lmagan tashkilotlar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, shuningdek, qo‘shimcha mehnat kafolatlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, jamoa shartnomasiga, shuningdek, boshqa normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
lavozim maoshlari (tarif stavkalari);
lavozim maoshlariga qo‘shimchalar va ustamalar;
mehnatning yakuniy natijalariga ko‘ra belgilanadigan mukofotlar.
Budjet tashkiloti bo‘lmagan tashkilotlar xodimlarining lavozim maoshlariga qo‘shimchalar va ustamalar, shuningdek, mukofotlar mazkur tashkilotlarning rahbarlari tomonidan moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda belgilanadi.
Boshqaruv xodimlarining, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarning lavozim maoshlari, shuningdek, ishchilarning tarif stavkalari qonun hujjatlariga muvofiq Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasi asosida belgilanadi.
Xodimning lavozim maoshi belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorini yagona tarif setkasining tegishli razryadi tarif koeffitsiyentiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Soatbay tarif setkasi miqdori xodimning lavozim maoshini (tarif stavkasini) besh kunlik ish haftasi asosida, ish vaqti normal davom etgan taqdirda ish soatlarining o‘rtacha oylik miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Xodimlarning lavozim maoshlari quyidagi holatlarda o‘zgartiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarorlari bilan belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori oshirilganda;
xodim ushbu tashkilotda boshqa lavozimga o‘tganda yoki xodimga yuqori malaka razryadi berilganda.
Budjet tashkilotlari xodimlariga mehnat to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida uzoq muddat ishlaganlik uchun lavozim maoshiga foiz miqdorida har chorakda quyidagi miqdorlarda ustamalar to‘lanadi (to‘lash shartlari va tartibi normativ hujjatlar bilan belgilanadi):

Budjet tashkiloti bo‘lmagan tashkilotlar xodimlariga tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan lavozim maoshiga quyidagi qo‘shimchalar va ustamalar belgilanishi mumkin:
kasblarni (lavozimlarni) qo‘shib bajarganlik va xizmat ko‘rsatish hududini kengaytirganlik uchun - amalda bajarilgan ishlar uchun;
dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun - soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda ikki baravar miqdorda;
uzoq muddat ishlaganlik uchun lavozim maoshiga foizlar hisobida - har chorakda tegishli miqdorlarda va shartlarda.
Uzluksiz ish staji:
tashkilotlar tugatilganligi (qayta tashkil etilganligi) yoki shtat qisqargani yoxud doimiy yashash joyi o‘zgarganligi sababli tashkilotlardan ishdan bo‘shagan kundan boshlab uch oydan kechikmay ishga kirganda;
o‘z xohishiga ko‘ra (uzrli sabab bo‘yicha), shu jumladan, eri yoki xotinining yashash joyi o‘zgarishi munosabati bilan (ko‘chish vaqti bir oylik muddatga kiritilmaydi) tashkilotlardan ishdan bo‘shagan kundan boshlab bir oydan kechikmay ishga kirganda hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026