Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi 18 yoshgacha bo‘lgan shaxs o‘z vaqtida pasport olmaganligi uchun ma'muriy javobgarlikka tortilmaydi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta'minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat matni “Xalq so‘zi”da e'lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:
223-modda:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun mas'ul bo‘lgan shaxslar tomonidan fuqarolarning pasportsiz yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarsiz yashashiga yo‘l qo‘yilishi, xuddi shuningdek fuqarolar tomonidan o‘z turar joylarida shaxslarning pasportsiz yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarsiz, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasdan yashashiga yo‘l qo‘yilishi, –
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi»;
to‘rtinchi qismining sanksiyasidagi «o‘n besh» degan so‘zlar «o‘n» degan so‘z bilan almashtirildi;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirildi:
«O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs o‘n olti yoshga to‘lishi munosabati bilan o‘z vaqtida pasport olmaganligi uchun ma'muriy javobgarlikka tortilmaydi».
Mavzuga oid
11:54 / 16.02.2026
Oziq-ovqat xavfsizligi nazorati yangilanadi: operatorlar reyestri yuritiladi
14:35 / 12.02.2026
Ishsizlik nafaqasi: to‘lash shartlari va miqdori
10:50 / 10.02.2026
Temiryo‘l va metroda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun jarimalar belgilandi
17:19 / 05.02.2026