O‘zbekiston | 08:19 / 10.01.2019
3719
2 daqiqa o‘qiladi

Hukumat huzuridagi qishloq xo‘jaligi texnikasini sinash davlat markazi faoliyati takomillashtiriladi

Foto: Flickr

Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazida qo‘llaniladigan qishloq xo‘jalik texnikalarini tezkor sinovini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy sinov qurilmalari va o‘lchov vositalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati qishloq xo‘jalik texnikalarini tezkor sinovini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy sinov qurilmalari va o‘lchov vositalarini xarid qilish uchun talab etiladigan mablag‘larning:

1.0 mlrd, so‘mini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan;

2.0 mlrd, so‘mini “O‘zagrotsxsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil yakuni bo‘yicha davlat ulushiga hisoblanadigan dividendlar hisobidan moliyalashtirilishi haqidagi taklifiga rozilik berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati belgilangan mablag‘larni 2019 yil 1 mayga kadar Markazga ajratilishini ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid