2019 yilning 9 yanvar kuni “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Özbekiston yoşlar ittifoqi va Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Yonğin xavfsizligi instituti hamkorligida “Oliy harbiy ta'lim muassasalari tinglovçi va kursantlarida vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaşda “Temur tuzuklari”ning ahamiyati”ga bağişlangan ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi.

Tadbirda Özbekiston yoşlar ittifoqi, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi akademiyasi, Özbekiston Qurolli Kuçlar akademiyasi, Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati instituti, Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnika instituti, Davlat bojxona qömitasining Bojxona instituti, Çirçiq oliy tank qömondonlik-muhandislik bilim yurti, Toşkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti, Toşkent Tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti, Yonğin xavfsizligi institutining kursantlari va tinglovçilari hamda Toşkent şahridagi “Temurbeklar maktabi” öquvçilari iştirok etdi.

Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi raisining birinçi örinbosari Alişer Sa'dullayev yoşlarda vatanparvarlik tuyğusini şakllantiriş, vatanparvarlik yuksak ma'naviy-axloqiy qadriyat ekanligini tuşuntiriş muhim vazifa ekanligini ta'kidlab ötdi. Bu borada Amir Temur siymosi, mazmun-mohiyati bilan qomusiy ruhni özida mujassam etgan “Temur tuzuklari” ğoyalarining yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyatga ega ekanligini e'tirof etdi.

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Yonğin xavfsizligi instituti boşliği, polkovnik Nuriddin Narmatov Vatan himoyasida turmoq, uning tinçligi, osoyiştaligi, osudaligi uçun xizmat qilmoq eng şarafli va muqaddas burç ekanligi, Vatanni har jihatdan yetuk, barkamol, bilim saviyasi yuqori va albatta ma'naviyati, ma'rifati yuksak şakllangan, öz yurti, xalqi, millatining ötmişi, tarixi, ma'naviyat ildizlarini çuqur bilgan, anglagan farzandlargina munosib himoya qila olişini tarix köp bor isbot etganligiga alohida töxtaldi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori – Baxtiyor Hasanov, Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori – Xurşid Fayziyev, Amir Temur ilmiy ekspeditsiyasi rahbari – Faxriddinxöja Aşrafxöjayev, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi Tölqin Hayitlar sözga çiqib, tarixiy manba sifatida “Temur tuzuklari”ning yoşlarda, xususan oliy harbiy ta'lim muassasalari tinglovçi va kursantlarida vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaşdagi tarbiyaviy va ma'rifiy ahamiyati haqida söz yuritişdi.












